https://oz.sputniknews.uz/20221009/amir-temur-haqida-ozbek-tilidagi-eng-eski-qolyozma-aniqlandi-28960754.html
Amir Temur haqida o‘zbek tilidagi eng eski qo‘lozma aniqlandi
Amir Temur haqida o‘zbek tilidagi eng eski qo‘lozma aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Dushanbedan topilgan bu noyob qo‘lozmaning nusxasini O‘zbekistonga keltirib, taniqli tarixchi va manbashunos olimlarimiz yordamida chuqur tadqiq etish rejalashtirilgan. 09.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-09T18:27+0500
2022-10-09T18:27+0500
2022-10-09T18:27+0500
jamiyat
nodir qo‘lozma
amir temur
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28960890_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_c6703433e666dc33a55e6727c9513982.jpg
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lozma aniqlandi. Bu haqida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi xabar berdi.Navoiyshunos olim Badriddin Maqsudovning aytishicha, kitobni Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lozmalarning hozircha eng qadimiysi deyish mumkin.Ayni paytga qadar Amir Temur haqida bitilgan turkiy asarlarning eng qadimiysi 1713-yilda yaratilgan.Kitobning xotimasida qo‘lozma hijriy 1027-yil rajab oyi sanasi qayd etilgan. Bu 1618-yilning iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Bu asarning ko‘chirilgan sanasi ekanligi va asar undan ham avval yozilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Unda asarning yoshi yanada "ulg‘ayadi". Hozircha qo‘lozma kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan, qayerda ko‘chirilgani ma’lum emas.O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, Dushanbedan topilgan bu noyob qo‘lozmaning nusxasini O‘zbekistonga keltirib, taniqli tarixchi va manbashunos olimlarimiz yordamida chuqur tadqiq etish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/09/28960890_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_5ddcb2abb511c7c48490241e397e0ba4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, nodir qo‘lozma, amir temur
jamiyat, nodir qo‘lozma, amir temur
Amir Temur haqida o‘zbek tilidagi eng eski qo‘lozma aniqlandi
Dushanbedan topilgan bu noyob qo‘lozmaning nusxasini O‘zbekistonga keltirib, taniqli tarixchi va manbashunos olimlarimiz yordamida chuqur tadqiq etish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Buyuk sohibqiron Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lozma aniqlandi. Bu haqida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi xabar
berdi. Navoiyshunos olim Badriddin Maqsudovning aytishicha, kitobni Amir Temur haqida yozilgan va shu paytga qadar yetib kelgan turkiy qo‘lozmalarning hozircha eng qadimiysi deyish mumkin.
Ayni paytga qadar Amir Temur haqida bitilgan turkiy asarlarning eng qadimiysi 1713-yilda yaratilgan.
Kitobning xotimasida qo‘lozma hijriy 1027-yil rajab oyi sanasi qayd etilgan. Bu 1618-yilning iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Bu asarning ko‘chirilgan sanasi ekanligi va asar undan ham avval yozilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Unda asarning yoshi yanada "ulg‘ayadi".
Hozircha qo‘lozma kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan, qayerda ko‘chirilgani ma’lum emas.
O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqovning aytishicha, Dushanbedan topilgan bu noyob qo‘lozmaning nusxasini O‘zbekistonga keltirib, taniqli tarixchi va manbashunos olimlarimiz yordamida chuqur tadqiq etish rejalashtirilgan.