Xorijlik yoshlarni o‘zbek tiliga qiziqtirish maqsadida xalqaro olimpiada o‘tkaziladi

Mejdunarodnaya Mendeleyevskaya olimpiada po ximii
Mejdunarodnaya Mendeleyevskaya olimpiada po ximii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Obuna bo‘lish
Olimpiadada qatnashishni istaganlar 16-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chet ellik yoshlar uchun o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro olimpiada e’lon qilindi.
Olimpiada 30 ta test topshiriqlaridan iborat test sinovlari shaklida 18-oktabr kuni soat 06:00 dan kechki soat 23:59 ga qadar o‘tkaziladi. Natijalar 19-oktabr kuni e’lon qilinadi.
Olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlar bilan fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish va milliy madaniyatni keng targ‘ib qilishdan iborat.
Olimpiadada quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
Xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan 15-17 yoshli umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari;
O‘zbekiston hududida yashayotgan va ta’lim olayotgan xorijiy fuqarolar.
Olimpiadada qatnashishni istaganlar 16-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0