https://oz.sputniknews.uz/20221008/tashqi-ishlar-vazirligi-iqtisodiy-diplomatiya-doirasida-raqamli-dayjestni-ishga-tushirdi-28927056.html
Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya doirasida raqamli dayjestni ishga tushirdi
Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya doirasida raqamli dayjestni ishga tushirdi
Sputnik O‘zbekiston
Raqamli dayjest xorijiy ishbilarmon doiralar, kompaniyalar, investitsiya fondlari va banklari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, global reyting... 08.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-08T11:05+0500
2022-10-08T11:05+0500
2022-10-08T11:05+0500
siyosat
o‘zbekiston tiv
diplomatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/16/21891106_0:159:3076:1889_1920x0_80_0_0_7a6621ac7b9df0799cf5c65e10d264a3.jpg
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya doirasida raqamli dayjestni ishga tushirdi.Aytilishicha, O‘zbekistonning iqtisodiy diplomatiyasini rivojlantirish, mamlakat haqida xalqaro hamjamiyat xabardorligini oshirish maqsadida vazirlik tomonidan New Uzbekistan. New Opportunities raqamli dayjestining birinchi elektron jo‘natmasi amalga oshirildi.Dayjestda O‘zbekistonning iqtisodiy hayotidagi so‘nggi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar, biznesning yangi imkoniyatlari, muvaffaqiyatli hodisalar va bo‘lajak tadbirlar haqida ma’lumotlar mavjud.Raqamli dayjest quyidagilarga tarqatish uchun mo‘ljallangan:Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan birinchi jo‘natmalar xorijdagi 3000 dan ortiq manzillarni qamrab oldi.Aloqa bazasi kengayib borishi bilan ularning sonini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/16/21891106_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_718a5d709d0d51fc5da30a91c3841bd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston tiv, diplomatlar
siyosat, o‘zbekiston tiv, diplomatlar
Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya doirasida raqamli dayjestni ishga tushirdi
Raqamli dayjest xorijiy ishbilarmon doiralar, kompaniyalar, investitsiya fondlari va banklari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, global reyting agentliklari, shuningdek, Toshkentdagi diplomatik korpusga tarqatish uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy diplomatiya doirasida raqamli dayjestni ishga
tushirdi. Aytilishicha, O‘zbekistonning iqtisodiy diplomatiyasini rivojlantirish, mamlakat haqida xalqaro hamjamiyat xabardorligini oshirish maqsadida vazirlik tomonidan New Uzbekistan. New Opportunities raqamli dayjestining birinchi elektron jo‘natmasi amalga
oshirildi.Dayjestda O‘zbekistonning iqtisodiy hayotidagi so‘nggi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohot va yangilanishlar, biznesning yangi imkoniyatlari, muvaffaqiyatli hodisalar va bo‘lajak tadbirlar haqida ma’lumotlar mavjud.
Raqamli dayjest quyidagilarga tarqatish uchun mo‘ljallangan:
Xorijiy ishbilarmon doiralar;
Investitsiya fondlari va banklari;
Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari;
Global reyting agentliklari;
Toshkentdagi diplomatik korpusi.
Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan birinchi jo‘natmalar xorijdagi 3000 dan ortiq manzillarni qamrab oldi.
Aloqa bazasi kengayib borishi bilan ularning sonini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan.