Rossiyada ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni 53 mingga yetdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishStudenti
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida nechi nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Toshkentda Rossiyaning yana bir oliy o‘quv yurti Qozon federaluniversitetining (QFU) filiali ochiladi. Bosh universitet singari, filial ham Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi qoshida bo‘ladi. Birinchi o‘quv yilida ular 330 nafar talabani qabul qilishni rejalashtirgan.
Sputnik muxbiriga Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligida ma’lum qilinishicha, Rossiya oliy o‘quv yurtlarida, shu jumladan ularning xorijiy filiallarida jami 53 ming O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olmoqda.
Shundan 11 ming 734 nafar talaba budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan o‘qimoqda.
Shu bilan birga, 10 060 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqarolari bilan teng sharoitda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi, 1674 nafariga esa Rossiya hukumati kvotasi berilgan.
Yana 41 297 nafar o‘zbekistonlik Rossiya oliy o‘quv yurtlarida shartnoma asosida tahsil olmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Hozirda respublikada o‘z filiallarini ochgan universitetlar orasida Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnika universiteti, Gersen davlat pedagogika universiteti, VGIK, MISiS filiallari, Moskva muhandislik-fizika instituti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bor.
Yangiliklar lentasi
0