https://oz.sputniknews.uz/20221008/qrim-koprigidagi-portlashda-uch-kishi-halok-boldi-28943230.html
Qrim ko‘prigidagi portlashda uch kishi halok bo‘ldi
Qrim ko‘prigidagi portlashda uch kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘prik ustida portlagan yuk mashinasi Krasnodar o‘lkasida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan. Hozir uning turar joyi tekshirilmoqda. 08.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-08T18:25+0500
2022-10-08T18:25+0500
2022-10-08T18:25+0500
rossiya
qrim
ko‘prik
portlash
favqulodda holat
tergov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/08/28938242_0:9:1129:644_1920x0_80_0_0_cb007ffe03c7266eee802cb99d50e59b.jpg
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Qrim ko‘prigida yuk mashinasining portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi dastlabki tergov natijalariga ko‘ra ma’lum qildi.Shuningdek, portlagan yuk mashinasi haydovchisi Krasnodar o‘lkasida yashovchi bo‘lgani ma’lum. Ayni damda uning turar joyida surishtiruv ishlari olib borilmoqda. "Uning yashash joyida surishtiruv harakatlari boshlandi. Mashinaning harakatlanish yo‘nalishi va tegishli hujjatlar o‘rganilmoqda", — deyiladi Tergov qo‘mitasida.Avvalroq Milliy aksilterror qo‘mitasi Qrim ko‘prigida yuk mashinasi portlagani haqida xabar bergan edi. O‘tish joyining temir yo‘l qismi bo‘ylab yettita yoqilg‘i sisternasi yonib ketgan. Oqibatda ikkita avtomashina oraliqlari qisman qulab tushdi, biroq kemalar o‘tish uchun arkning tayanchlari shikastlanmadi.Qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishdi. Ko‘prikda harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan. Ikki yo‘nalishda poyezd va avtobuslar o‘tishi to‘xtatilgan. Respublika transport vaziri Nikolay Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Qrim va Krasnodar o‘lkasi o‘rtasida yo‘lovchi tashish uchun 100 kishilik kemalar ishga tushirilishini ma’lum qilishdi. Rasmiylar, yaqin vaqt ichida ikkita paromni ishga tushirishga va’da berishdi.
qrim
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/08/28938242_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_53760ab2839a5be9ca4466cda5463b26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, qrim, ko‘prik, portlash, favqulodda holat, tergov
rossiya, qrim, ko‘prik, portlash, favqulodda holat, tergov
Qrim ko‘prigidagi portlashda uch kishi halok bo‘ldi
Ko‘prik ustida portlagan yuk mashinasi Krasnodar o‘lkasida yashovchi fuqaroga tegishli bo‘lgan. Hozir uning turar joyi tekshirilmoqda.
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Qrim ko‘prigida yuk mashinasining portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi dastlabki tergov natijalariga ko‘ra ma’lum qildi.
“Bular portlatilgan yuk mashinasi yonida bo‘lgan yengil avtomobil yo‘lovchilari deb taxmin qilinmoqda. Ayni damda halok bo‘lgan bir erkak va bir ayolning jasadi suvdan chiqarib olingan, ularning shaxsi aniqlanmoqda”, - deyiladi Tergov qo‘mitasi bayonotida.
Shuningdek, portlagan yuk mashinasi haydovchisi Krasnodar o‘lkasida yashovchi bo‘lgani ma’lum. Ayni damda uning turar joyida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
"Uning yashash joyida surishtiruv harakatlari boshlandi. Mashinaning harakatlanish yo‘nalishi va tegishli hujjatlar o‘rganilmoqda", — deyiladi Tergov qo‘mitasida.
Avvalroq Milliy aksilterror qo‘mitasi Qrim ko‘prigida yuk mashinasi portlagani haqida xabar bergan edi. O‘tish joyining temir yo‘l qismi bo‘ylab yettita yoqilg‘i sisternasi yonib ketgan. Oqibatda ikkita avtomashina oraliqlari qisman qulab tushdi, biroq kemalar o‘tish uchun arkning tayanchlari shikastlanmadi.
Qutqaruvchilar yong‘inni o‘chirishdi. Ko‘prikda harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan. Ikki yo‘nalishda poyezd va avtobuslar o‘tishi to‘xtatilgan.
Respublika transport vaziri Nikolay Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Qrim va Krasnodar o‘lkasi o‘rtasida yo‘lovchi tashish uchun 100 kishilik kemalar ishga tushirilishini ma’lum qilishdi. Rasmiylar, yaqin vaqt ichida ikkita paromni ishga tushirishga va’da berishdi.