O‘zbekiston OTMlari va Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti hamkorlik qiladi

© O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti
Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Obuna bo‘lish
Ikki tomonlama hamkorlik doirasida yuqori malakali ilmiy, muhandis kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar, xalqaro ilmiy forumlar va ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Respublikaning ilmiy va ta’lim tashkilotlari hamda Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi. Bu haqida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Fanlar akademiyasida YaTBI va O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan muhandislik-texnologiyalari institutlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
© O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti
Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti
Bundan ko‘zlangan maqsad, yuqori malakali ilmiy, muhandis kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar, xalqaro ilmiy forumlar va ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Shuningdek, YaTBI delegatsiyasi tashrifi doirasida Yadro fizikasi institutida “Bulutli hisoblashlar klasteri”ni ochish va ishga tushirish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti (YaTBI) Dubna shahrida joylashagan xalqaro tadqiqot markazidir. Institut 1956-yil 26-martdan davlatlararo “YaTBIni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma” asosida tashkil etilgan.
YaTBI xalqaro standartlariga muvofiq, BMT Kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirgi vaqtda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 19 ta davlati YaTBI doimiy a’zolari hisoblanadi. O‘zbekiston 1993-yilda beri YaTBIning to‘laqonli a’zosiga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0