Denov va Urganchda dzudo sport maktablari tashkil etiladi

© NOK UzbekistanaSbornaya Uzbekistana na ChM po dzudo sredi kadetov
Sbornaya Uzbekistana na ChM po dzudo sredi kadetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2022
Obuna bo‘lish
Dzudo maktablariga 210 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchi qabul qilinadi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Denov va Urganch dzudo sport maktablari tashkil etiladi. Bu haqqida Hukumat tomonidan qabul qilingan 580-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash, Denov va Urganch dzudo sport maktablarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Dzudo maktablari o‘quvchilarining umumiy kontingenti o‘quvchilarning vazn toifalari va sinflarini hisobga olgan holda 210 nafardan ko‘p bo‘lmagan o‘quvchidan iborat etib shakllantiriladi.
Dzudo maktablariga sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 5-sinfga qabul qilinadi.
2022/2023 o‘quv yiliga qadar Dzudo maktablarida boshqa sport turlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu maktablarni to‘liq tamomlagunga qadar o‘qitilishi ta’minlanadi.
Dzudo maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlaridan ta’lim olishi mazkur Dzudo maktablarida tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0