https://oz.sputniknews.uz/20221008/bion-m-biologik-suniy-yoldosh-2024-yilda-orbitaga-chiqariladi-28927836.html
“Bion-M” biologik sun’iy yo‘ldosh 2024-yilda orbitaga chiqariladi
“Bion-M” biologik sun’iy yo‘ldosh 2024-yilda orbitaga chiqariladi
Sputnik O‘zbekiston
Sichqonlar “Bion-M” loyihalari doirasidagi asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. 08.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-08T13:55+0500
2022-10-08T13:55+0500
2022-10-08T13:55+0500
rossiya
kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16117076_0:62:2001:1187_1920x0_80_0_0_665265a04c98459518bcd5027720f5d6.jpg
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. “Bion-M” biologik sun’iy yo‘ldoshini 2024-yilda orbitaga chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqida Rossiya Fanlar akademiyasi Biotibbiyot muammolari instituti direktori Oleg Orlov ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS.Oleg Orlovning so‘zlariga ko‘ra, hozir yaratilayotgan ilmiy jihozlar 2-sonli “Bion-M” parvozi natijalariga ko‘ra takomillashtirilgan.“Bion” biologik tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan Rossiya kosmik kemalari seriyasidir. Xususan, olimlarni radiatsiya va vaznsizlikning tirik organizmlarga ta’siri qiziqtiradi.Sichqonlar “Bion-M” loyihalari doirasidagi asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. Shuningdek, orbitaga chivinlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarni yuborish ham rejalashtirilmoqda.Ushbu turkumdagi “Kosmos-605” deb nomlangan birinchi apparat 1973-yilda ishga tushirilgan. 2013-yilda Bion-M seriyasidan birinchi sun’iy yo‘ldosh orbitaga chiqarildi. Keyin sichqonlar, mo‘g‘ul gerbillari, gekkonlar, salyangozlar, o‘simliklar va turli mikroorganizmlar koloniyalari kosmosga yuborilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/03/16117076_166:0:1833:1250_1920x0_80_0_0_43fc1ba83930bca65e60a610d5df678d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, kosmos
“Bion-M” biologik sun’iy yo‘ldosh 2024-yilda orbitaga chiqariladi
Sichqonlar “Bion-M” loyihalari doirasidagi asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. “Bion-M” biologik sun’iy yo‘ldoshini 2024-yilda orbitaga chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqida Rossiya Fanlar akademiyasi Biotibbiyot muammolari instituti direktori Oleg Orlov ma’lum qildi, deb yozmoqda
TASS. Oleg Orlovning so‘zlariga ko‘ra, hozir yaratilayotgan ilmiy jihozlar 2-sonli “Bion-M” parvozi natijalariga ko‘ra takomillashtirilgan.
“Bion” biologik tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan Rossiya kosmik kemalari seriyasidir. Xususan, olimlarni radiatsiya va vaznsizlikning tirik organizmlarga ta’siri qiziqtiradi.
Sichqonlar “Bion-M” loyihalari doirasidagi asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi. Shuningdek, orbitaga chivinlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarni yuborish ham rejalashtirilmoqda.
Ushbu turkumdagi “Kosmos-605” deb nomlangan birinchi apparat 1973-yilda ishga tushirilgan. 2013-yilda Bion-M seriyasidan birinchi sun’iy yo‘ldosh orbitaga chiqarildi. Keyin sichqonlar, mo‘g‘ul gerbillari, gekkonlar, salyangozlar, o‘simliklar va turli mikroorganizmlar koloniyalari kosmosga yuborilgan.