Ukraina harbiylari Donesk, Gorlovka va Makeyevkani o‘qqa tutdi

© © RIA Novosti / Sergey Averin/Pereyti v mediabankOskolki snaradov. Arxivnoe foto
Oskolki snaradov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli Kuchlari Donesk, Gorlovka va Makeyevkani NATO snaradlari bilan o‘qqa tutgan
TOShKENT, Sputnik, 7 okt - Ukraina harbiylari Donesk, Gorlovka va Makeyevkani NATOning 155 mm kalibrli snaradi bilan o‘qqa tutgan. Bu haqida bugun, juma kuni, Donesk Xalq Respublikasining Ukraina harbiy jinoyatlariga aloqador masalalarni nazorat qilish markazi xabar bergan.
“Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan ushbu yo‘nalishlarda : Nikitov tumanining Dzerjinsk, Gorlovka aholi yashash punktlari oltita, Chernogvardeysk tumanining Orlovka va Makeyevka aholi yashash punktlari to‘rtta 155 mm kalbirli snarad bilan o‘qqa tutilgan”, - deyiladi markaz Telegram kanalida
Ma’lum qilinishicha, Ukraina Qurolli Kuchlari Doneskning Kuybishev va Kiyev tumanlariga ham snarad uchirgan.
155 mm kalibrli artilleriyadan NATO mamlakatlari foydalanadi. Shuningdek, Ukrainada bunday kalibr uchun yagona nusxada “Bogdana” g‘ildirakli o‘ziyurar artilleriya o‘rnatmasi ishlab chiqarilgan. Avvalroq AQSh Kiyevga 155 mm kalibrli M-777 gaubitsalarini yetkazib bergan. Ukraina qo‘shinlari undan shaharlarni o‘qqa tutgan. Natijada tinch aholi halok bo‘lgan
Yangiliklar lentasi
0