Maxsus operatsiya: 6-oktabrning asosiy xabarlari
15:55 07.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023)
© Ministerstvo oboroni RF
/ Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari o‘tgan sutka davomida 700 nafarga yaqin Ukraina Qurolli kuchlarini va millatchi batalonlar askarlari hamda xorijiy yollanmalarni yo‘q qildi.
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududida o‘tkazilayotgan maxsus operatsiyaga doir asosiy xabarlar.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti
Kupanskiy yo‘nalishida Pershotravneve, Kislovka va Berestovoe aholi punktlariga Ukraina QK uchta bataloni taktik guruhlari hujumni davom ettirishdi. Ularning barcha hujumlar Rossiya qo‘shinlarining qat’iy harakatlari bilan qaytarildi. Dushmanning 120 dan ortiq harbiy xizmatchi, 5 ta tank, 12 ta zirhli jangovar texnika va 14ta harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Petrivske qishlog‘i yaqinida Rossiya artilleriyasining o‘qqa tutilishi natijasida Ukrainaning ikkita qo‘poruvchilik va razvedka guruhi yo‘q qilindi, 25 jangari va og‘ir pulemotlari bo‘lgan ikkita pikap yo‘q qilindi.
Artyomovsk yo‘nalishida ittifoqchi kuchlarning hujumlari natijasida Donetsk Xalq Respublikasining Zaysevo aholi punkti ozod qilindi. Ukraina Qurolli Kuchlarining 58-moto-piyoda va 128-tog‘-hujum brigadalarining 120 dan ortiq harbiy xizmatchilari, shuningdek, uchta piyoda askarlarning jangovar texnikasi yo‘q qilindi.
DXRning Noviy Komar aholi punkti hududida Ukraina Qurolli Kuchlari 56-motooda piyoda brigadasining 60 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita tank va beshta harbiy texnikasi havo zarbalari natijasida yo‘q qilindi.
Andriyevo-Krivoy Rog yo‘nalishida dushman to‘rtta batalon taktik guruhi yordamida kun davomida Dudchaniy, Suxanovo, Sadok, Bruskinskoe aholi punktlari yo‘nalishida Rossiya kuchlari mudofaasini yorib o‘tishga bir necha bor urindi.
Har yo‘nalishda dushman rus qo‘shinlarining mudofaa chizig‘idan ortga qaytarildi. 100 dan ortiq ukrainalik harbiylar, oltita tank, sakkizta zirhli jangovar mashina va to‘qqizta texnika yo‘q qilindi.
Xerson viloyati, Davydov Brod aholi punkti yaqinida Ukraina Qurolli Kuchlarining 35-dengiz piyodalari brigadasi, Nikolayev viloyati Muraxovka aholi punkti yaqinidagi 46-aeromobil brigadasi, Xerson viloyatining Trifonovka va Novaya Kamenka aholi punktlari hududidagi 60-piyoda brigadasiga zarba berish natijasida 280 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar va to‘qqizta harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Nikolayev viloyati Velikoe Artakovo, Xerson viloyatining Novogrigorovka va Belaya Krinitsa aholi punktlari hududlarida Ingulets darosi orqali o‘tadigan uchta ponton o‘tish joylari Rossiya Aerokosmik kuchlarining yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari bilan yo‘q qilindi.
Rossiya operativ-taktik va armiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriya tomonidan bir sutkada Ukraina Qurolli Kuchlarining sakkizta qo‘mondonlik punkti, o‘q otish joylaridagi 63 ta artilleriya bo‘linmasi, 173 ta nuqtada joylashgan harbiylari va harbiy texnikasiga zarba berildi.
DXRning Seversk va Vodanoe aholi punktlari, shuningdek, Zaporojye shahri hududlarida o‘q-dorilar va raketa va artilleriya qurollarining to‘rtta ombori yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Dvurechnaya va DXRning Karpovka aholi punktlari hududlarida "Grad" raketa tizimlarining ikkita batareyasi yo‘q qilindi.
DXRning Sviridonovka va Novogrodovka aholi punktlari hududida Rossiya qiruvchi samolyotlari bir sutkada Ukrainanig bitta MiG-29 va bitta Su-24 harbiy samolyotlarini urib tushirdi.
Xerson viloyatining Chervonoarmeyskoe, Dmitriyenko, Charivnoe, Lugansk Xalq Respublikasining Pokrovskoe, Poltava, Troitskoe, Donetsk Xalq Respublikasining Orlinskoe va Mospino aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 9 ta uchuvchisiz apparatlari yo‘q qilindi.
DXRning Velika Novoselka qishlog‘i yaqinida havoda "Olxa" raketa tizimining uchta snaradi urib tushirildi.
Maxsus operatsiya boshlangan kunidan boshlab umumiy hisobda, dushmanning 315 ta samolyoti, 157 ta vertoloti, 2160 ta uchuvchisiz apparati, 379 ta zenit-raketa tizimi, 5412 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 862 ta ko‘p sonli raketa otish moslamalari. avtomobillar, 3452 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 6316 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.