Maktablarga darsliklarni tezkor ravishda yetkazish nazoratga olindi - XTV

© Xalq ta’limi vazirligi Maktab darsliklari
Maktab darsliklari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, yaqin yillarda qisqa muddatda bunday katta hajmda darsliklar yaratilmagan.
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Ishlab chiqarilishi yakuniga yetayotgan yangi avlod darsliklarini tezkor ravishda maktablargacha yetkazilishi nazoratga olindi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, bu yil 4 ta sinfda darsliklar yangilanib, qariyib 60 million nusxa darsliklar tayyorlanmoqda.
“Yaqin yillarda qisqa muddatda bunday katta hajmda darsliklar yaratilmagan. Albatta darsliklarni tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish va nashr etish juda katta jarayon bo‘lib, mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Shu bilan birga, nashr etilgan darsliklarni o‘z vaqtida maktablarga yetkazish ham alohida nazoratni talab etadi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov Qashqadaryo va Samarqand viloyatida Ta’lim-ta’minot va logistika Davlat unitar korxonasining hududiy filiallarida bo‘ldi.
Unda darsliklarni qabul qilish, saqlash va maktablarga tarqatish jarayonlarini o‘rgandi hamda mutasaddilarga hududiy filial (baza)ga yetkazilgan darsliklarni tezkor tarzda taqsimot asosida maktablarga yetkazish, buning uchun qo‘shimcha resurs va texnikalarni jalb etish topshirig‘ini berdi.
Mazkur masala nazoratga olinishi natijasida bir kunda Qashqadaryoda 350 mingdan ortiq, Samarqandda 400 mingdan ortiq darsliklar maktablarga tarqatildi.
Yangiliklar lentasi
0