Dzudo bo‘yicha JCh ikkinchi kunida kimlar tatamiga chiqadi

© SputnikChM po dzudo v Tashkente - vtoroy den
ChM po dzudo v Tashkente - vtoroy den - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
Obuna bo‘lish
Dzudo bo‘yicha JCh ikkinchi kunida uch nafar o‘zbekistonlik sportchi, jumladan taniqli Diyora Keldiyorova ham tatamiga chiqadi.
TOShKENT, 7 okt - Sputnik. Bugun Toshkentdagi "Xumo Arena" majmuasida kattalar o‘rtasidagi dzudo bo‘yicha 35-jahon chempionatining ikkinchi kuni boshlandi. deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Umumiy mukofot jamg‘armasi bir million yevroni tashkil qiluvchi dunyo birinchiligining ikkinchi kuni -52 kg (ayollar) hamda -66 kg erkaklar vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar bellashmoqdalar.
© SputnikChM po dzudo v Tashkente - vtoroy den
ChM po dzudo v Tashkente - vtoroy den - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
ChM po dzudo v Tashkente - vtoroy den
Bugungi bellashuvlarda o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva (-52 kg) va Sardor Nurillayev (-66 kg) medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Diyora Keldiyorova Marokashlik Sumiya Iraoui bilan Sita Kadambayeva esa potugaliyalik Yoana Diogo bilan bellashadi.
Erkaklar bahsida Sardor Nurillayev Bogdan Yadov (Ukraina) bilan tataimiga chiqadi.
Ma’lumot uchun, musobaqalarning birinchi kuni olimpiada chempioni Naoxisa Takato o‘z faoliyatida to‘rtinchi bor jahon chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida esa Natsumi Sunoda sharafiga Yaponiya davlat madhiyasi yangradi.
© SputnikChM po dzudo v Tashkente - vtoroy den
ChM po dzudo v Tashkente - vtoroy den - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2022
ChM po dzudo v Tashkente - vtoroy den
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida dunyoning 84 mamlakatidan 600ga yaqin sportchilar ishtirok etmoqda. Bellashuvlar 14ta vazn toifalarida bo‘lib o‘tmoqda. Ayollar va erkaklar orasida yettitadan. Musobaqada nafaqat medallar, balkim Parij 2024 Olimpiadasi uchun reyting ballar ham to‘planadi. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilarga 23 ming yevro pul mukofoti bilan 2000 reyting bali beriladi. Undan 1000 ball Parij Olimpiadasi uchun.
Yangiliklar lentasi
0