Samarqandda Xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tmoqda - foto

Obuna bo‘lish
Festival yakunida hakamlar hay’ati tayyorlangan taomlarga baho beradi va g‘olib oshpazlar aniqlanadi.
TAShKENT, 7 okt — Sputnik. Bugun Samarqandda Xalqaro gastronomik festival boshlandi. U ertaga ham davom etadi. Festivalga tashrif buyurganlar mazali taomlar va bayram tomoshalaridan bahramand bo‘lishi mumkin. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Mamlakatning gastronomik salohiyatini keng targ‘ib qilish, gastronomik turizm yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy pazandalik an’analarini ommalashtirish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida tashkil etilgan tadbir 7-8 oktabr kunlari davom etadi”, - deyiladi Turizm va madaniy meros vazirligi xabarida.
Musobaqada xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasining har bir viloyatidan kelgan oshpazlar jamoalari, xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari oshpazlari ishtirok etadi.
Festival yakuniga qadar hakamlar hay’ati tayyorlangan taomlarga baho beradi va g‘olib oshpazlar aniqlanadi.
Gastronomik festival Samarqand shahrining Islom karimov ko‘chasida bo‘lib o‘tmoqda, unda ishtirok etish bepul.
1/4
2/4
3/4
4/4
Yangiliklar lentasi
0