https://oz.sputniknews.uz/20221006/vashingtonning-kievga-harbiy-yordami-kamaymoqda-28861979.html
Vashingtonning Kiyevga harbiy yordami kamaymoqda
Vashingtonning Kiyevga harbiy yordami kamaymoqda
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb mamlakatlarining Kiyev rejimiga harbiy yordami kamayishda davom etmoqda va hatto Vashingtondagi Amerika lend-lizi “tashabbuskorlari” o‘z tajribasi ostidagi... 06.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-06T17:20+0500
2022-10-06T17:20+0500
2023-04-05T18:40+0500
kolumnistlar
yevropa ittifoqi
aqsh
ukraina
nato
germaniya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/11/20532273_0:198:2939:1851_1920x0_80_0_0_308205a80f87826d87cc8905f0aba5b3.jpg
Yevropaliklar ham Amerika Qo‘shma Shtatlari manfaatlari yo‘lida o‘zi va iqtisodiy farovonligini Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida qurbon qilmoqchi emas.AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qiymati 625 mln dollarlik yangi harbiy yordam yetkazilishini ma’lum qildi. Pentagon yetkazib beriladigan qurollar ro‘yxatini e’lon qildi: 1 ta HIMARS reaktiv tizimi va uning uchun o‘q-dorilar; 105 mm kalibrli 16 ta gaubitsalar, 155-mm kalibrli 16 ta gaubitsalar va 75 mingta snarad (shuningdek, 500 yuqori aniqlikdagi), 30 mingta 120-mmlik minalar, 200 mingta o‘qchi qurollar uchun patron, Claymore piyodalarga qarshi minalar va boshqalar.Amerikaning sentabrdagi 1,1 mldr. dollarlik yordam paketi bilan hisoblaganda, zarba beruvchi qurollar kamayganini ko‘rish mumkin. Sentabrda 18 ta HIMARS o‘rnatmalari va’da qilingan edi.Umumiy hisobda, 24-fevraldan buyon AQSh Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida 16, 8 mlrd dollardan ko‘p pulni ko‘kka sovurgan. Ukraina qurolli kuchlariga kelajakda qabul qilingan va va’da qilingan 34 ta HIMARSlarni ham. “Prezident vakolatlari” bilan Amerikaning moliyalashtirish dinamikasi Ukraina foydasiga bo‘lmayapti.Pentagon lend-lizga, shuningdek, Ukrainaga ATACMS (uzoqligi 300 km gacha) raketalar, g‘arb namunasidagi tanklar yetkazib berishga ehtiyoj ko‘rmayapti. Ayniqsa, tanklar aniq xizmat ko‘rsatish va ta’mirni talab qiladi, Ukraina Qurolli kuchlari esa bu bilan ta’minlab bera olmaydi. Natijada esa UQK Amerika omborlari va turli mamlakatlarning “sovet davridagi qurollar arsenalidan” faqatgina “eski temir-tersaklarni” qabul qilib olmoqda.Yevropa berayotgan qurollar ro‘yxatida eng sezilarli 37 ta WARMATE (uzoqligi 10 km gacha) qo‘riqlovchi o‘q-dorilar, oltita Caesar (boshida Daniya uchun mo‘ljallangan) o‘ziyurar to‘plari va 20 ta Bastion zirhli avtomobillari.Germaniya Mudofaa vaziri Kristina Lambrext Ukrainaga o‘rta uzoqlikdagi 10 ta va’da qilingan IRIS-T SLM zenit raketa tizimlari (havo nishonlarini 40 km uzoqlikdan yo‘q qiluvchi) ning birinchisi yetkazilayotganini ma’lum qildi. Zenit raketa tizimlarining barcha partiyasini tayyorlashga 3-yil kerak bo‘ladi, urush sharoitida G‘arb qurollari uzoq yashamaydi.Reallikka qaytishAqinda AQShda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, 48% amerikaliklar hozirgi bosqichda, agar uzoq muddatli iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keladigan bo‘lsa, (aslida muqarrar) Ukrainaga harbiy yordam yetkazilishiga qarshi.AQSh davlat qarzi ilk bor 31 trln.dollardan oshdi. AQSh qarzi dunyo YaIMning 30%ni tashkil etadi. Va bunday o‘sish Vashingtonning davlat qarzlarini qaytarish niyati yo‘qligini bildiradi. AQSh o‘z muammolarini Yevropa Ittifoqi, Ukrainadagi urush hisobiga hal qilmoqchi.Hozirda o‘n nafar nemisdan faqat to‘rt nafari Ukrainaning katta harbiy muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi. Energotashuvchilar narxi oshishiga, shuningdek, ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hozirgi iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab Rossiyaga qarshi sanksiyalarga norozilik namoyishlari Yevropaning turli nuqtalarida ko‘paymoqda. Shu sababli New York Times gazetasi ta’kidlashicha: “Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi sakkizinchi oyida suvosti portlashlari bilan Rossiya gazining Germaniyaga yetkazib beradigan asosiy marshruti shikastlandi. Asabiy kayfiyatdagi yevropaliklarda sarosima va qo‘rquv tuyg‘usi yanada ko‘paydi... “Shimoliy oqim 1” bo‘yicha har yili 60 milliard kubometr gaz olib kelingan va u Yevropaning eng yirik iqtisodiyotini ta’minlagan. “Shimoliy oqim-2” sa ushbu hajmni oshirish uchun qurilgan edi”.Shu bilan birga, UQKning Amerika tomonidan ko‘p milliardlik moliyalashtirilishiga qaramay, Rossiya qo‘shinlari dushmanning 1000 kilometrlik harbiy tutashuv liniyalari- Xerson, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Xarkov viloyatlaridagi obyektlariga, shuningdek, UQK ning chuqur ichkarisida - Odessa va Kiyev viloyatlaridagi obyektlariga zarbalar berishda davom etmoqda. Yangi misol - Kiyev viloyatining Oq Cherkov shahridagi Ukrainaning 72 mexanizatsiyalashgan brigadasi bazasining yonishi.RF Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutkada Nikolayev-Krivorojsk yo‘nalishining o‘zida Ukraina qo‘shinining 18 ta jangovar zirhli mashina, ikkita tank, ikkita o‘ziyurar “Gvozdika” gaubitsalari, ikkita minomot va 20 ta avtomobillari yo‘q qilingan.“Iskandar” operativ-taktik raketasining Voznesensk harbiy aerodromiga yuqori aniqlikdagi zarbasi bilan UQK zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlari - "Bayraktar TB-2" ombori yo‘q qilingan. Ushbu statistikadan taxmin qilish mumkinki, Amerika yordamlari “paketi” va Yevropa harbiy qo‘llab-quvvatlashi Ukrainadagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi.“Rostex” davlat korporatsiyasi dushanba kuni zalp olovli “Tornado-G” va “Tornado-S” tizimlarining Permda ishlab chiqarilishi o‘tga yilga nisbatan ikki barobarga oshgan va o‘n yilda kuzatilmagan hajmga oshganini rasman ma’lum qildi. Bugungi kunda Rossiyada barcha Mudofaa sanoat komplekslarida ish yetarli. Moskva hech qachon AQSh va Shimoliy Atlantika alyansiga Ukraina hududlarida kengayishiga va RF milliy xavfsizligiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymadi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/11/20532273_103:0:2834:2048_1920x0_80_0_0_9767efcc6fd9468c5a0d71f4db500b25.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, yevropa ittifoqi, aqsh, ukraina, nato, germaniya, rossiya
kolumnistlar, yevropa ittifoqi, aqsh, ukraina, nato, germaniya, rossiya
Vashingtonning Kiyevga harbiy yordami kamaymoqda
17:20 06.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) G‘arb mamlakatlarining Kiyev rejimiga harbiy yordami kamayishda davom etmoqda va hatto Vashingtondagi Amerika lend-lizi “tashabbuskorlari” o‘z tajribasi ostidagi Ukraina armiyasini moliyalashtirish va qurollantirishni qisqartirmoqda.
Yevropaliklar ham Amerika Qo‘shma Shtatlari manfaatlari yo‘lida o‘zi va iqtisodiy farovonligini Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida qurbon qilmoqchi emas.
AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qiymati 625 mln dollarlik yangi harbiy yordam yetkazilishini ma’lum qildi. Pentagon yetkazib beriladigan qurollar ro‘yxatini e’lon qildi: 1 ta HIMARS reaktiv tizimi va uning uchun o‘q-dorilar; 105 mm kalibrli 16 ta gaubitsalar, 155-mm kalibrli 16 ta gaubitsalar va 75 mingta snarad (shuningdek, 500 yuqori aniqlikdagi), 30 mingta 120-mmlik minalar, 200 mingta o‘qchi qurollar uchun patron, Claymore piyodalarga qarshi minalar va boshqalar.
Amerikaning sentabrdagi 1,1 mldr. dollarlik yordam paketi bilan hisoblaganda, zarba beruvchi qurollar kamayganini ko‘rish mumkin. Sentabrda 18 ta HIMARS o‘rnatmalari va’da qilingan edi.
Umumiy hisobda, 24-fevraldan buyon AQSh Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida 16, 8 mlrd dollardan ko‘p pulni ko‘kka sovurgan. Ukraina qurolli kuchlariga kelajakda qabul qilingan va va’da qilingan 34 ta HIMARSlarni ham. “Prezident vakolatlari” bilan Amerikaning moliyalashtirish dinamikasi Ukraina foydasiga bo‘lmayapti.
Pentagon lend-lizga, shuningdek, Ukrainaga ATACMS (uzoqligi 300 km gacha) raketalar, g‘arb namunasidagi tanklar yetkazib berishga ehtiyoj ko‘rmayapti. Ayniqsa, tanklar aniq xizmat ko‘rsatish va ta’mirni talab qiladi, Ukraina Qurolli kuchlari esa bu bilan ta’minlab bera olmaydi. Natijada esa UQK Amerika omborlari va turli mamlakatlarning “sovet davridagi qurollar arsenalidan” faqatgina “eski temir-tersaklarni” qabul qilib olmoqda.
AQSh Ukrainaga asosiy imkoniyatlarni berish uchun ittifoqchilari va sheriklari bilan ishlashni davom ettirmoqchi. Biroq, NATO bo‘yicha yevropalik ittifoqdoshlar alohida faollik ko‘rsatishayotgani yo‘q - oktabr boshida UQK uchun Litva, Norvegiya va Fransiya sezilardi darajada kam bo‘lgan
Yevropa berayotgan qurollar ro‘yxatida eng sezilarli 37 ta WARMATE (uzoqligi 10 km gacha) qo‘riqlovchi o‘q-dorilar, oltita Caesar (boshida Daniya uchun mo‘ljallangan) o‘ziyurar to‘plari va 20 ta Bastion zirhli avtomobillari.
Germaniya Mudofaa vaziri Kristina Lambrext Ukrainaga o‘rta uzoqlikdagi 10 ta va’da qilingan IRIS-T SLM zenit raketa tizimlari (havo nishonlarini 40 km uzoqlikdan yo‘q qiluvchi) ning birinchisi yetkazilayotganini ma’lum qildi. Zenit raketa tizimlarining barcha partiyasini tayyorlashga 3-yil kerak bo‘ladi, urush sharoitida G‘arb qurollari uzoq yashamaydi.
Yaqinda AQShda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, 48% amerikaliklar hozirgi bosqichda, agar uzoq muddatli iqtisodiy qiyinchiliklar yuzaga keladigan bo‘lsa, (aslida muqarrar) Ukrainaga harbiy yordam yetkazilishiga qarshi.
AQSh davlat qarzi ilk bor 31 trln.dollardan oshdi. AQSh qarzi dunyo YaIMning 30%ni tashkil etadi. Va bunday o‘sish Vashingtonning davlat qarzlarini qaytarish niyati yo‘qligini bildiradi. AQSh o‘z muammolarini Yevropa Ittifoqi, Ukrainadagi urush hisobiga hal qilmoqchi.
Hozirda o‘n nafar nemisdan faqat to‘rt nafari Ukrainaning katta harbiy muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi. Energotashuvchilar narxi oshishiga, shuningdek, ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hozirgi iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab Rossiyaga qarshi sanksiyalarga norozilik namoyishlari Yevropaning turli nuqtalarida ko‘paymoqda.
Shu sababli New York Times gazetasi ta’kidlashicha: “Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi sakkizinchi oyida suvosti portlashlari bilan Rossiya gazining Germaniyaga yetkazib beradigan asosiy marshruti shikastlandi. Asabiy kayfiyatdagi yevropaliklarda sarosima va qo‘rquv tuyg‘usi yanada ko‘paydi... “Shimoliy oqim 1” bo‘yicha har yili 60 milliard kubometr gaz olib kelingan va u Yevropaning eng yirik iqtisodiyotini ta’minlagan. “Shimoliy oqim-2” sa ushbu hajmni oshirish uchun qurilgan edi”.
Amerika gazining muqobili - Nord Stream gaz o‘tkazgichlarining vayron qilinishi va YeIda Sibir uglevodorodlariga taqiq - sog‘lom fikrga ega hech qaysi yevropalikni rozi qila olmaydi. Kelayotgan qish qiyiniliklari fonida noroziliklar faqat ko‘payadi.
Shu bilan birga, UQKning Amerika tomonidan ko‘p milliardlik moliyalashtirilishiga qaramay, Rossiya qo‘shinlari dushmanning 1000 kilometrlik harbiy tutashuv liniyalari- Xerson, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Xarkov viloyatlaridagi obyektlariga, shuningdek, UQK ning chuqur ichkarisida - Odessa va Kiyev viloyatlaridagi obyektlariga zarbalar berishda davom etmoqda. Yangi misol - Kiyev viloyatining Oq Cherkov shahridagi Ukrainaning 72 mexanizatsiyalashgan brigadasi bazasining yonishi.
RF Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutkada Nikolayev-Krivorojsk yo‘nalishining o‘zida Ukraina qo‘shinining 18 ta jangovar zirhli mashina, ikkita tank, ikkita o‘ziyurar “Gvozdika” gaubitsalari, ikkita minomot va 20 ta avtomobillari yo‘q qilingan.
“Iskandar” operativ-taktik raketasining Voznesensk harbiy aerodromiga yuqori aniqlikdagi zarbasi bilan UQK zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlari - "Bayraktar TB-2" ombori yo‘q qilingan. Ushbu statistikadan taxmin qilish mumkinki, Amerika yordamlari “paketi” va Yevropa harbiy qo‘llab-quvvatlashi Ukrainadagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi.
“Rostex” davlat korporatsiyasi dushanba kuni zalp olovli “Tornado-G” va “Tornado-S” tizimlarining Permda ishlab chiqarilishi o‘tga yilga nisbatan ikki barobarga oshgan va o‘n yilda kuzatilmagan hajmga oshganini rasman ma’lum qildi. Bugungi kunda Rossiyada barcha Mudofaa sanoat komplekslarida ish yetarli. Moskva hech qachon AQSh va Shimoliy Atlantika alyansiga Ukraina hududlarida kengayishiga va RF milliy xavfsizligiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymadi.