Toshkentdan Kuala-Lumpurga aviaqatnovlar tiklanmoqda

© Depositphotos / RobynmacBashni Petronas v Kuala-Lumpure
Bashni Petronas v Kuala-Lumpure - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishdagi chiptalar narxi 4 347 523 so‘mdan boshlanadi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Uzbekistan Airways 1-noyabrdan Kuala-Lumpurga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni tiklamoqda.
“Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent” qatnovlari haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Seshanba kunlari:
Toshkentdan uchib ketish: 23:55 (Toshkent vaqti bilan) seshanba kuni.
Kuala-Lumpurga yetib borish: 10:30 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) chorshanba kuni.
Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 12:00 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) chorshanba kuni.
Toshkentga yetib borish: 17:00 (Toshkent vaqti bilan) chorshanba kuni.
Juma kunlari:
Toshkentdan uchib ketish: 23:00 (Toshkent vaqti bilan) juma kuni.
Kuala-Lumpurga yetib borish: 9:30 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) shanba kuni.
Kuala-Lumpurdan uchib ketish: 11:00 (Kuala-Lumpur vaqti bilan) shanba kuni.
Toshkentga yetib borish: 16:00 (Toshkent vaqti bilan) shanba kuni.
Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishdagi chiptalar narxi 4 347 523 so‘mdan, “Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent” yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 7 596 136 so‘mdan boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0