Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

© Ispolnitelniy komitet SNGFlagi stran SNG
Flagi stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Uchrashuv Konstantin saroyida bo‘lib o‘tadi. Rossiya rahbari matbuot kotibi bu uchrashuv kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan MDH sammiti arafasidagi muhim tadbir ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. 7 oktabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Ertaga prezident (Rossiya prezidenti Vladimir Putin – tahr.) Sankt-Peterburgda ishlaydi.... Qator xalqaro telefon suhbatlari rejalashtirilgan. Shuningdek, kun o‘rtasida prezidentning MDHga a’zo davlatlar rahbarlari bilan norasmiy uchrashuvi rejalashtirilgan ”, - dedi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya rahbari matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Konstantin saroyida bo‘lib o‘tadi va bu uchrashuv kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan MDH sammiti arafasidagi muhim tadbir.
MDH davlatlari rahbarlarining oxirgi norasmiy uchrashuvi o‘tgan yil dekabr oxirida bo‘lib o‘tgan edi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan edi.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ham ishtirok etishgandi.
Yangiliklar lentasi
0