Rustam Minnixanov O‘zbekistonga tashrif buyuradi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Minnixanov Qozon federal universitetining Jizzax viloyatidagi filiali ochilishida ishtirok etadi.
TOShKENT, 6 okt - Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov 10-11 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqida Sputnik muxbiriga Tatariston Respublikasining O‘zbekistondagi vakili Aydar Axtareyev ma’lum qildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir Abdulla Aripov, shuningdek, turli idoralar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Minnixonov Qozon federal universitetining Jizzax viloyatidagi filiali ochilishida ishtirok etadi, shuningdek, Angren shahridagi BRZ shinalar zavodiga (Birinchi rezinotexnika zavodi) tashrif buyuradi.
Shuningdek Tatariston prezidenti , Chirchiq va Toshkent shaharlarida Tataristonning 20 ta yirik kompaniyasi ishtirokida davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0