Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi bitta nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSituatsiya na kirgizsko-kazaxskoy granitse
Situatsiya na kirgizsko-kazaxskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Ikki kun davomida "Qozig‘urt" va unga tutash "S.Najimov" nazorat-o‘tkazish punkti o‘rtasidan o‘tuvchi gaz quvurlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi "Qozig‘urt" va unga tutash "S.Najimov" nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopiladi.
Nazorat-o‘tkazish punkti 6-oktabr kuni soat 09:00 dan 7-oktabr soat 09:00 ga qadar fuqarolar va transport vositalarining o‘tishi uchun ishlamaydi.

“Punkt "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati tomonidan har ikki davlatning nazorat-o‘tkazish punktlari o‘rtasidan o‘tuvchi gaz quvurlarining gidravlik sinovidan o‘tkazilishi sababli yopiladi”, - deyiladi xabarda.

Ikki davlat chegarasidagi boshqa nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlashda davom etadi.
Chegaradan o‘tmoqchi bo‘lganlardan joriy etilgan cheklovlarni hisobga olgan holda o‘z yo‘nalishini oldindan rejalashtirish so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0