Jamiyat

Oʻzbekistonda 8 ta yangi yoʻnalishda temir yoʻl qatnovlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

© "Uzbekiston temir yullari""Uzbekiston temir yullari" planiruyet zapustit vosem novыx marshrutov
Uzbekiston temir yullari planiruyet zapustit vosem novыx marshrutov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish uchun xalqaro tender eʼlon qildi.
TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda 8 ta yangi yoʻnalishda temir yoʻl qatnovlari tashkil etilib, 34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” uchun amonaviy elektropoyezdlar sotib olish boʻyicha xalqaro tender eʼlon qilingan. Mazkur tender elektropoyezdlarga texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni yetkazib berish, shuningdek, kadrlar tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Taʼkidlanishicha, yangi qatnovlar mamlakatda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, temir yoʻl transportida yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasida yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.
Zamonaviy elektropoyezdlar xarid qilinishi natijasida quyidagi 8 ta yangi yoʻnalishda temir yoʻl qatnovlari tashkil etilishi koʻzda tutilgan:
Toshkent–Jizzax–Toshkent;
Toshkent–Keles–Toshkent;
Navoiy–Buxoro–Navoiy;
Samarqand–Jizzax–Samarqand;
Samarqand–Shahrisabz–Samarqand;
Samarqand–Qarshi–Samarqand;
Andijon–Xonobod– Andijon;
Nukus–Xiva–Nukus.
Yangi yoʻnalishlarda temir yoʻl qatnovining yoʻlga qoʻyilishi natijasida bir yilda 5 million 925 ming 500 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatiladi.
Shuningdek, Toshkent–Xoʻjikent–Toshkent, Toshkent–Angren–Toshkent, Namangan–Andijon–Namangan, Qoʻqon–Andijon–Qoʻqon, Toshkent–Guliston–Toshkent, Toshkent–Bekobod–Toshkent, Termiz–Sariosiyo–Termiz, Qarshi–Buxoro–Qarshi, Buxoro–Xiva–Buxoro, Samarqand–Buxoro–Samarqand kabi 10 ta mavjud yoʻnalishlarda esa qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Yangi yoʻnalishlarda poyezdlar harakatining yoʻlga qoʻyilishi va mavjud yoʻnalishlarda qoʻshimcha qatnovlarning tashkil etilishi orqali bir yilda jami 22 mln 473 ming 500 nafar yoʻlovchiga sifatli xizmat koʻrsatishga erishiladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati oraliq intervalini qisqartirish maqsadida Rossiyadan 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0