O‘zbekiston Tolibon* bilan chegarada xafsizlik masalalarini muhokama qildi

© SputnikVstrecha delegatsiy Uzbekistana i Afganistana na granitse
Vstrecha delegatsiy Uzbekistana i Afganistana na granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2022
Obuna bo‘lish
Muzokaralar Amudaryo ustidan o‘tgan Termiz va Hayratonni bog‘lab turuvchi "Do‘stlik" ko‘prigi ustida bo‘lib o‘tgan.
TOShKENT, 6 okt - Sputnik. O‘zbekiston chegarachilari Tolibon* vakillari bilan chegarada xafsizlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Afg‘oniston.
Muzokaralarda tomonlar barcha qarama-qarshiliklarni muloqot orqali hal qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar, chegarachilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va aloqa mexanizmlarini muhokama qildilar hamda chegarani noqonuniy kesib o‘tishning oldini olishga va’da berishdi.
"Tolibon" delegatsiyasiga "Al-Fath" 209-armiya korpusi chegara qo‘shinlarining 6-brigadasi qo‘mondoni Mansur Jovid, O‘zbekistondan esa polkovnik Xoliq Nazar Yaldor boshchilik qilgan.
OAV tomonidan chop etilgan suratga ko‘ra, muzokaralar Amudaryo ustidan o‘tgan Termiz va Hayratonni bog‘lab turuvchi "Do‘stlik" ko‘prigi ustida bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida so‘nggi to‘qnashuvlar 21-avgust kuni sodir bo‘lgan edi. O‘shanda chegara chizig‘ida joylashgan Payg‘ambar oroliga bir guruh afg‘onlar noqonuniy suzib o‘tgan. Rasmiy axborotga ko‘ra, ular qizilmiya ildizini qazib olish uchun kelgan. Ular chegarachilarga qurolli qarshilik ko‘rsatgan va to‘qnashuv oqibatida ulardan 24 nafari qo‘lga olingan edi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
Yangiliklar lentasi
0