https://oz.sputniknews.uz/20221006/mirziyoev-rossiya-prezidentini-oliy-darajali-dostlik-ordeni-bilan-mukofotladi-28862978.html
Mirziyoyev Rossiya prezidentini “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Mirziyoyev Rossiya prezidentini “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Vladimir Putin "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi
2022-10-06T15:02+0500
2022-10-06T15:02+0500
2022-10-06T15:27+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28229423_0:198:3086:1934_1920x0_80_0_0_3e3e4d658edbb855bdbe6cc1d1ded0ec.jpg
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni mamlakatning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.“Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni 2020-yil 11-mart kuni ta’sis etilgan. U bilan O‘zbekiston bilan o‘zaro do‘stlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda hissa qo‘shgan, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy irodasini namoyon etgan, faol tashabbuslari bilan O‘zbekiston oldidagi yuksak xizmatlari uchun xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari taqdirlanadi.Shuningdek, orden bilan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin. Bunda orden chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatning oliy davlat mukofoti hisoblanadi.Orden 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 110 gramm og‘irlikdagi 916 probali kumushdan tayyorlanadi va to‘rtta qoplamali medalondan iborat bo‘ladi.Tegishli ketma-ketlikka rioya etgan holda ko‘krakning o‘ng tomoniga yoki orden zanjirida taqib yuriladi. Uning uzunligi – 700 millimetr, yirik va mayda halqalarga bo‘linadi (jami 22 ta halqa, jumladan ilgak), materiallari - 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 916 probali, og‘irligi 170 gramm bo‘lgan kumush.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/10/28229423_69:0:2800:2048_1920x0_80_0_0_aa6a3d0d62c3f59b870f060dd8e9e1c3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev putin mukofot oliy darajali do‘stlik ordeni ma’lumot
mirziyoyev putin mukofot oliy darajali do‘stlik ordeni ma’lumot
Mirziyoyev Rossiya prezidentini “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
15:02 06.10.2022 (yangilandi: 15:27 06.10.2022) Vladimir Putin Rossiya va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlangan.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni mamlakatning “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini rivojlantirish hamda tavalludining 70-yillik yubileyi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin O‘zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi", - deyilgan
xabarda.“Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni 2020-yil 11-mart kuni
ta’sis etilgan. U bilan O‘zbekiston bilan o‘zaro do‘stlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda hissa qo‘shgan, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy irodasini namoyon etgan, faol tashabbuslari bilan O‘zbekiston oldidagi yuksak xizmatlari uchun xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari taqdirlanadi.
Shuningdek, orden bilan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar taqdirlanishi mumkin. Bunda orden chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatning oliy davlat mukofoti hisoblanadi.
Orden 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 110 gramm og‘irlikdagi 916 probali kumushdan tayyorlanadi va to‘rtta qoplamali medalondan iborat bo‘ladi.
Tegishli ketma-ketlikka rioya etgan holda ko‘krakning o‘ng tomoniga yoki orden zanjirida taqib yuriladi. Uning uzunligi – 700 millimetr, yirik va mayda halqalarga bo‘linadi (jami 22 ta halqa, jumladan ilgak), materiallari - 1 mikron qalinlikdagi 999 probali oltin bilan qoplangan 916 probali, og‘irligi 170 gramm bo‘lgan kumush.