AQSh Ukraina mojarosi orqali Rossiya resurslarini qo‘lga kiritmoqchi - Oliver Stoun

Obuna bo‘lish
kraina har doim Amerika rejasining bir qismi bo‘lgan, asl maqsad esa - Rossiya resurslari. Bu o‘yinda qurol ishlab chiqaruvchilari ham daromad olmoqda.
TOShKENT, 6 okt - Sputnik. AQSh Ukrainani qurol-aslaha bilan ta’minlash orqali Rossiya resurslarini arzon gaorv qo‘lga kiritmoqchi, dedi amerikalik taniqli rejisser Oliver Stoun ispan OAVlariga bergan intervyusida.
"Ukraina mojarosiga homiylik qilish orqali Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasida boshqaruv rejimni o‘zgartirmoqchi va "Rossiya resurslarini o‘zlariga ma’qul narxlarda qo‘lga kiritmoqchi", - dedi rejissor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina har doim Amerika rejasining bir qismi bo‘lgan. Agar 2014-yilgi davlat to‘ntarishidan oldin mamlakat neytral bo‘lgan bo‘lsa, undan keyin Rossiya yangi Kiyev rejimining dushmaniga aylandi, dedi Stoun.
“Mamlakat keskinlik strategiyasiga muhtoj, chunki keskinlik dunyoni harakatga keltiradi, qurol ishlab chiqaruvchilar esa bu davlatlarga qurol sotganidan xursand”, — deb Stoun so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS.
Rejissor, shuningdek, AQShni Doberman va "ko‘p pulga ega, uslubiy qotil hayvon"ga o‘xshatdi.
Uilyam Oliver Stoun, Nyu Yorkda tug‘ilib o‘sgan, amerikalik kinorejisser, produser. U 1971-yilda o‘zining ilk kartinasini suratga olgan. Uch karra Oskar sohibi. Uning bir necha badiiy filmlarini hamma yaxshi biladi: Konan-varvar, Uoll-strit, Chandiqli yuz va boshqalar.
So‘nggi yillarda rejisser kuproq hujjatli filmlar suratga olishni boshladi. Xususan AQShning aytilmagan hikoyalari, Ukraina o‘t ichida, Snouden, Putin bilan intervyu va boshqa dokumental film va intervyular. Ularda rejisser, Vashington meynstrim OAVlari va dunyoning ko‘plab mamalkatlarida go‘yoki mahalliy OAV ko‘rinishida, lekin aslida AQSh manfaati yo‘lida xizmat qilayotgan qalbaki "haqiqatgo‘ylardan" farqli o‘laroq, sodir bo‘layotgan voqealarning aslini, haqiqatni yetkazishga harakat qilgan.
Yangiliklar lentasi
0