https://oz.sputniknews.uz/20221006/aqsh-braziliyaga-bosim-otkazmoqda--rossiyalik-diplomat-28842005.html
AQSh Braziliyaga bosim o‘tkazmoqda – rossiyalik diplomat
AQSh Braziliyaga bosim o‘tkazmoqda – rossiyalik diplomat
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Braziliyadagi elchisining aytishicha, AQSh Braziliyani Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etishga undamoqda. 06.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-06T11:03+0500
2022-10-06T11:03+0500
2023-04-05T18:40+0500
sanksiyalar
braziliya
aqsh
dunyoda
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1e/18987975_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_6d9e01b70ed749c77b7211e589516ae1.jpg
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Braziliyaga bosim o‘tkazib, uni Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga undayapti. Bu haqda RIA Novosti Rossiyaning Braziliyadagi elchisi Aleksey Labeskiyga tayanib, xabar berdi.Labeskiyning ta’kidlashicha, G‘arb va birinchi navbatda AQSh braziliyaliklarni Rossiyaga qarshi sanksiyalar zarurligiga ishontirishga harakat qilmoqda.Rossiyaning Ukrainada maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro Lotin Amerikasi davlati BMTning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qoralovchi yoki sanksiyalar taklif etuvchi rezolyutsiyasiga ovoz bermasligini aytdi. Iyul oyida u G‘arb tomonidan kiritilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar samara bermaganini bildirdi.Avgust oyi boshida Braziliya tashqi ishlar va mudofaa vazirligining sobiq rahbari, sobiq prezident va prezidentlikka nomzod Luis Inasiu Lula da Silvaning maslahatchisi bo‘lgan Selso Amorim, agar u yana prezidentlikka kelsa, mamlakat Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘arb Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, ammo bu birinchi navbatda AQSh va Yevropaning o‘zlari uchun muammoga aylandi. Xususan, sanksiyalar elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxining keskin oshishiga olib keldi. Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Moskvani to‘sish va kuchsizlantirish G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba bergan. AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
braziliya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1e/18987975_166:0:2833:2000_1920x0_80_0_0_580e3ccacc361232ffeb973628c2cfcd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sanksiyalar, braziliya, aqsh, dunyoda, rossiya
sanksiyalar, braziliya, aqsh, dunyoda, rossiya
AQSh Braziliyaga bosim o‘tkazmoqda – rossiyalik diplomat
11:03 06.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Rossiyaning Braziliyadagi elchisining aytishicha, AQSh Braziliyani Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etishga undamoqda.
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Braziliyaga bosim o‘tkazib, uni Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘llashga undayapti. Bu haqda
RIA Novosti Rossiyaning Braziliyadagi elchisi Aleksey Labeskiyga tayanib, xabar berdi.
“Albatta. Biz buni juda yaxshi ko‘rib turibmiz”, - degan u G‘arb Braziliyaga bosim o‘tkazaptimi, degan savolga javob berayotib.
Labeskiyning ta’kidlashicha, G‘arb va birinchi navbatda AQSh braziliyaliklarni Rossiyaga qarshi sanksiyalar zarurligiga ishontirishga harakat qilmoqda.
“Hozircha ular hech qanday samaraga erishgani yo‘q”, -deya qo‘shimcha qilgan elchi.
Rossiyaning Ukrainada maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin Braziliya prezidenti Jair Bolsonaro Lotin Amerikasi davlati BMTning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qoralovchi yoki sanksiyalar taklif etuvchi rezolyutsiyasiga ovoz bermasligini aytdi. Iyul oyida u G‘arb tomonidan kiritilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar samara bermaganini bildirdi.
Avgust oyi boshida Braziliya tashqi ishlar va mudofaa vazirligining sobiq rahbari, sobiq prezident va prezidentlikka nomzod Luis Inasiu Lula da Silvaning maslahatchisi bo‘lgan Selso Amorim, agar u yana prezidentlikka kelsa, mamlakat Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi.
Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan so‘ng, G‘arb Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, ammo bu birinchi navbatda AQSh va Yevropaning o‘zlari uchun muammoga aylandi. Xususan, sanksiyalar elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxining keskin oshishiga olib keldi.
Vladimir Putinning ta’kidlashicha, Moskvani to‘sish va kuchsizlantirish G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga qattiq zarba bergan. AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.