https://oz.sputniknews.uz/20221005/talim-kreditlari-soni-uch-baravar-oshdi--xalq-banki-28829828.html
Ta’lim kreditlari miqdori uch baravar oshdi – Xalq banki
Ta’lim kreditlari miqdori uch baravar oshdi – Xalq banki
Sputnik O‘zbekiston
5 avgustdan 30-sentabrga qadar 15 631 nafar talabaga 174 mlrd so‘m miqdorida ajratilgan. Undan 75 % - xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan. 05.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-05T19:55+0500
2022-10-05T19:55+0500
2022-10-05T20:09+0500
jamiyat
ta’lim
kredit
bank
xalq banki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0f/20499864_195:487:2971:2048_1920x0_80_0_0_36312622e5628b6d77264569c339a04d.jpg
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Xalq banki ajratgan ta’lim kreditlari miqdori 2022-yilda o‘tgan yilga nisbatan 3 baravar oshdi. Bu haqida Xalq banki axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova Sputnik muxbiriga aytib berdi.Xususan, 25-avgustdan 30-sentabrga qadar 15 631 nafar talabaga 174 mlrd so‘m miqdorida ajratilgan. Undan 75 % - xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan, - deydi bank vakili.Ta’lim kreditlari soni va miqdori bo‘yicha Xalq banki O‘zbekistonda yetakchidir. Bank tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlar ulushi respublika bo‘yicha ajratilgan jami ta’lim kreditlarning 39 %ini tashkil qiladi. Qolgan 61% - boshqa 11ta bank bank tomonidan ajratilgan.Yangi o‘quv yilida ta’lim kreditlari soni oshishining asosiy sabablari, bu - OTMlarga kvotalar soni oshishi, tijorat banklarida ta’lim krediti ajratish jarayoni tezlashishi va xotin-qizlarni o‘qitish va ularga imtiyozlar ajratish bo‘yicha qabul qilingan hukumat qarorlari bo‘ldi, - deydi bank vakili.Ta’lim kreditlar qachon qaytariladiAsosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng, yettinchi oydan boshlab 7-yil davomida qaytarilishi belgilangan.Qanday t’lim yo‘nalishlariga kredit berilmaydi “Shuni alohida ta’kidlaymanki, ta’lim kreditlari Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktlar (ya’ni super kontrakt) va masofaviy ta’lim uchun ajratilmaydi”, - dedi Gulnoza Alimova.Nega aynan Xalq bankiga murojaat qilishmoqdaXalq bankidan kredit olishning bir necha qulay tomonlari bor. Bulardan birinchisi - bank filiallarining Respublika bo‘ylab keng tarqalgani. Viloyat, tuman va shaharlarda 186 ta filiali hamda 87 ta bank xizmatlari markazi muntazam faoliyat yuritib kelmoqda.Shuningdek Xalq banki talabalar va ularning ota-onalari uchun bepul bank kartalari ochish imkoniyatidir. Shundan so‘ng ota-onalar farzandining xarajatlari uchun kartadan-kartaga pul o‘tkazmalarini foizsiz amalga oshirishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0f/20499864_536:452:2664:2048_1920x0_80_0_0_c9c504ff85e71806f4a6f3aed5a5804b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ta’lim, kredit, bank, xalq banki
jamiyat, ta’lim, kredit, bank, xalq banki
Ta’lim kreditlari miqdori uch baravar oshdi – Xalq banki
19:55 05.10.2022 (yangilandi: 20:09 05.10.2022) 5 avgustdan 30-sentabrga qadar 15 631 nafar talabaga 174 mlrd so‘m miqdorida ajratilgan. Undan 75 % - xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Xalq banki ajratgan ta’lim kreditlari miqdori 2022-yilda o‘tgan yilga nisbatan 3 baravar oshdi. Bu haqida Xalq banki axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova Sputnik muxbiriga aytib berdi.
Xalq banki tomonidan ta’lim kreditlari uchun 2021-yilda 49 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2022-yilda 206 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 3 barobarga o‘sgan.
Xususan, 25-avgustdan 30-sentabrga qadar 15 631 nafar talabaga 174 mlrd so‘m miqdorida ajratilgan. Undan 75 % - xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan, - deydi bank vakili.
Ta’lim kreditlari soni va miqdori bo‘yicha Xalq banki O‘zbekistonda yetakchidir. Bank tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlar ulushi respublika bo‘yicha ajratilgan jami ta’lim kreditlarning 39 %ini tashkil qiladi. Qolgan 61% - boshqa 11ta bank bank tomonidan ajratilgan.
Yangi o‘quv yilida ta’lim kreditlari soni oshishining asosiy sabablari, bu - OTMlarga kvotalar soni oshishi, tijorat banklarida ta’lim krediti ajratish jarayoni tezlashishi va xotin-qizlarni o‘qitish va ularga imtiyozlar ajratish bo‘yicha qabul qilingan hukumat qarorlari bo‘ldi, - deydi bank vakili.
Ta’lim kreditlar qachon qaytariladi
Asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng, yettinchi oydan boshlab 7-yil davomida qaytarilishi belgilangan.
Qanday t’lim yo‘nalishlariga kredit berilmaydi
“Shuni alohida ta’kidlaymanki, ta’lim kreditlari Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktlar (ya’ni super kontrakt) va masofaviy ta’lim uchun ajratilmaydi”, - dedi Gulnoza Alimova.
Nega aynan Xalq bankiga murojaat qilishmoqda
Xalq bankidan kredit olishning bir necha qulay tomonlari bor. Bulardan birinchisi - bank filiallarining Respublika bo‘ylab keng tarqalgani. Viloyat, tuman va shaharlarda 186 ta filiali hamda 87 ta bank xizmatlari markazi muntazam faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek Xalq banki talabalar va ularning ota-onalari uchun bepul bank kartalari ochish imkoniyatidir. Shundan so‘ng ota-onalar farzandining xarajatlari uchun kartadan-kartaga pul o‘tkazmalarini foizsiz amalga oshirishi mumkin.