https://oz.sputniknews.uz/20221005/senat-28809939.html
Senatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi 7-oktabr kuni chaqiriladi
Senatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi 7-oktabr kuni chaqiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Senatorlar standartlashtirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi qonunlarni ko‘rib chiqishadi. 05.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-05T10:13+0500
2022-10-05T10:13+0500
2022-10-05T10:13+0500
siyosat
senatorlar
o‘zbekiston oliy majlisi senati
majlis
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1c/24854895_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_12d9b6744d3234432d106f9026c7471b.jpg
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi 7-oktabr kuni chaqiriladi.Yalpi majlisda quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:Yalpi majlisda geografik obyektlarning nomlari, pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonunlarni muhokama qilish ham nazarda tutilgan.Bundan tashqari, senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalarini muhokama qilishadi.Yalpi majlisda Farg‘ona viloyati hokimining investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti ham eshitiladi.Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan ikkita parlament so‘rovi natijalarini ham muhokama qilishadi:Yalpi majlis kun tartibi doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/1c/24854895_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_45651aa2c42883750137408944840f50.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, senatorlar, o‘zbekiston oliy majlisi senati, majlis
siyosat, senatorlar, o‘zbekiston oliy majlisi senati, majlis
Senatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi 7-oktabr kuni chaqiriladi
Senatorlar standartlashtirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi qonunlarni ko‘rib chiqishadi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz uchinchi yalpi majlisi 7-oktabr kuni
chaqiriladi. Yalpi majlisda quyidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi:
“Standartlashtirish to‘g‘risida”gi;
“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi.
Yalpi majlisda geografik obyektlarning nomlari, pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonunlarni muhokama qilish ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalarini muhokama qilishadi.
Yalpi majlisda Farg‘ona viloyati hokimining investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti ham eshitiladi.
Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan ikkita parlament so‘rovi natijalarini ham muhokama qilishadi:
Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohalarida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi;
Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati.
Yalpi majlis kun tartibi doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.