Rossiya TIV Zelenskiyning Moskva bilan muzokaralardan bosh tortishiga munosabat bildirdi
15:10 05.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023)
© Sputnik / Natalya SeliverstovaZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve.
© Sputnik / Natalya Seliverstova
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti 4-oktabr kuni Kiyev Moskva bilan muzokaralardan rasman bosh tortganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya bilan muzokaralardan bosh tortish qarori noto‘g‘ri pozitsiya va qoralanishi kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, mutlaqo noto‘g‘ri, qoralanishi kerak bo‘lgan pozitsiya, chunki biz muzokaralarga tayyorligimizni aytganmiz. Muzokaralar bo‘lgandi, oxirgisi Istanbulda bo‘lib o‘tdi”, - dedi Vershinin RIA Novosti bilan suhbatda.
Diplomat muzokaralar Kiyev aybi bilan to‘xtab qolganiga e’tibor qaratdi.
4 oktabr kuni Kiyev Moskva bilan muzokaralardan rasman bosh tortdi. Zelenskiy Ukrainaning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi qarorini amalga kiritdi.
Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-sentabr kuni Kiyevni zudlik bilan harbiy harakatlarni bas qilish va muzokaralar stoliga qaytishni chaqirganidan keyin ro‘y berdi.
Rossiya-Ukraina muzokaralari
Rossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi..
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida o‘rnatilishini ta’kidlagan edi.