https://oz.sputniknews.uz/20221005/qarzga-botyapti-aqshning-davlat-qarzi-tarixiy-rekord-ornatdi-28813521.html
“Qarzga botapti”: AQShning davlat qarzi tarixiy rekord o‘rnatdi
“Qarzga botapti”: AQShning davlat qarzi tarixiy rekord o‘rnatdi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh davlat qarzi birinchi marta 31 trillion dollardan oshdi. 05.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-05T12:50+0500
2022-10-05T12:50+0500
2022-10-05T12:50+0500
aqsh
qarz
davlat qarzi
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28813368_0:67:1281:787_1920x0_80_0_0_42a50248b9d9b9794bbe746a80704b17.jpg
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tarixda birinchi marta AQSh davlat qarzi 31 trillion dollardan oshdi.3 oktabr holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 31 trillion 123 milliard 887 million 781 ming 401 dollar va 34 sent qarzdor bo‘lgan. Bu AQSh davlat qarzi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir.Aksariyat qarz egalari 24 trillion dollardan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan xususiy shaxslardir. Amerikaning xorijiy hukumatlar oldidagi qarzlari qariyb yetti trillion dollarni tashkil etadi.Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, ko‘tarilgan stavkalar bilan qarzga xizmat ko‘rsatish tobora qimmatlashib bormoqda.Eslatib o‘tamiz, mamlakat prezidenti Jo Bayden o‘tgan yil oxirida ma’qullagan joriy qarz chegarasi 31,4 trillion dollarni tashkil etadi.Iyun oyida Qo‘shma Shtatlarda inflyatsiya ko‘p o‘n yillikdagi eng yuqori darajaga yetib, 9 foizdan oshdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28813368_70:0:1209:854_1920x0_80_0_0_8b2fde874f93d9ce66fbe9660309d951.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, qarz, davlat qarzi, dunyoda
aqsh, qarz, davlat qarzi, dunyoda
“Qarzga botapti”: AQShning davlat qarzi tarixiy rekord o‘rnatdi
AQSh davlat qarzi birinchi marta 31 trillion dollardan oshdi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tarixda birinchi marta AQSh davlat qarzi 31 trillion dollardan
oshdi. 3 oktabr holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar 31 trillion 123 milliard 887 million 781 ming 401 dollar va 34 sent qarzdor bo‘lgan. Bu AQSh davlat qarzi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichdir.
Aksariyat qarz egalari 24 trillion dollardan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan xususiy shaxslardir. Amerikaning xorijiy hukumatlar oldidagi qarzlari qariyb yetti trillion dollarni tashkil etadi.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, ko‘tarilgan stavkalar bilan qarzga xizmat ko‘rsatish tobora qimmatlashib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat prezidenti Jo Bayden o‘tgan yil oxirida ma’qullagan joriy qarz chegarasi 31,4 trillion dollarni tashkil etadi.
Iyun oyida Qo‘shma Shtatlarda inflyatsiya ko‘p o‘n yillikdagi eng yuqori darajaga yetib, 9 foizdan oshdi.