https://oz.sputniknews.uz/20221005/ozbekiston-28822989.html
O‘zbekistonda O‘rta Osiyo restavratorlari qurultoyi o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekistonda O‘rta Osiyo restavratorlari qurultoyi o‘tkazilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda ilk bor "O‘zbekistonda restavratsiya san’atini qayta tiklash madaniy meros va madaniy yodgorliklarni asrashga doir dolzarb masalalar" mavzusida... 05.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-05T16:27+0500
2022-10-05T16:27+0500
2022-10-05T16:27+0500
turizm
samarqand
turizm va madaniy meros vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28823100_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_ea436573b58013c348a5df426af18f2e.jpg
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin vaqtlar ichida O‘rta Osiyo restavratorlari qurultoyi tashkil etilishi mumkin. Bu haqida Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan restavratorlar ishtirokidagi seminarda ma’lum qilindi.Samarqandda 5-6 oktabr kunlari ilk bor "O‘zbekistonda restavratsiya san’atini qayta tiklash madaniy meros va madaniy yodgorliklarni asrashga doir dolzarb masalalar" mavzusida restavratorlar seminari o‘tkazilmoqda.Tadbirda O‘zbekiston xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob va nodir madaniy merosini asrab-avaylashni kuchaytirish, sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini samarali qo‘llash choralari ko‘rib chiqiladi.Aytilishicha, seminar orqali sohadagi kelgusi 10-yillik maqsad va vazifalarni belgilab olinadi.Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov o‘z so‘zida yaqin vaqtlar ichida O‘rta Osiyo restavratorlari qurultoyini tashkil etishni taklif qildi.Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi "Madaniy meros obyektlari direksiyasi" davlat muassasasining "Buxoro", "Shahrisabz", "Samarqand", "Termiz", "Qo‘qon", "Xiva" mintaqaviy restavratsiya markazlari tashkil etilmoqda. Endilikda har bir madaniy meros obyektlarining restavratsiya va konservasiya ishlari ushbu maktabning ilmiy xulosalari asosida amalga oshiriladi.Ma’lumot uchun, mamlakatda hozirgi kunga qadar 8 ming 210 ta moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyekti davlat muhofazasiga olingan. So‘nggi uch yilda 250 dan ortiq madaniy meros obyektlari restavratsiya va konservatsiya qilinib, ularga davlat budjetidan 339 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/05/28823100_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_02d24a9679dd061e2eba3f81526a9b4f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, samarqand, turizm va madaniy meros vazirligi
turizm, samarqand, turizm va madaniy meros vazirligi
O‘zbekistonda O‘rta Osiyo restavratorlari qurultoyi o‘tkazilishi mumkin
Samarqandda ilk bor "O‘zbekistonda restavratsiya san’atini qayta tiklash madaniy meros va madaniy yodgorliklarni asrashga doir dolzarb masalalar" mavzusida restavratorlar seminari o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin vaqtlar ichida O‘rta Osiyo restavratorlari qurultoyi tashkil etilishi mumkin. Bu haqida Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan restavratorlar ishtirokidagi seminarda ma’lum
qilindi. Samarqandda 5-6 oktabr kunlari ilk bor "O‘zbekistonda restavratsiya san’atini qayta tiklash madaniy meros va madaniy yodgorliklarni asrashga doir dolzarb masalalar" mavzusida restavratorlar seminari o‘tkazilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob va nodir madaniy merosini asrab-avaylashni kuchaytirish, sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini samarali qo‘llash choralari ko‘rib chiqiladi.
Aytilishicha, seminar orqali sohadagi kelgusi 10-yillik maqsad va vazifalarni belgilab olinadi.
Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov o‘z so‘zida yaqin vaqtlar ichida O‘rta Osiyo restavratorlari qurultoyini tashkil etishni taklif qildi.
“Bugungi kunda respublikada 400 dan ortiq usta-restavratorlar bor. Madaniy meros obyektlarini ta’mirlash va tiklash ishlariga o‘z ishining ustalarini, aynan o‘zbek me’morchiligi yo‘nalishdagi mutaxassislarni jalb etish muhim ahamiyatga ega”,- deyiladi xabarda.
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi "Madaniy meros obyektlari direksiyasi" davlat muassasasining "Buxoro", "Shahrisabz", "Samarqand", "Termiz", "Qo‘qon", "Xiva" mintaqaviy restavratsiya markazlari tashkil etilmoqda. Endilikda har bir madaniy meros obyektlarining restavratsiya va konservasiya ishlari ushbu maktabning ilmiy xulosalari asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, mamlakatda hozirgi kunga qadar 8 ming 210 ta moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyekti davlat muhofazasiga olingan. So‘nggi uch yilda 250 dan ortiq madaniy meros obyektlari restavratsiya va konservatsiya qilinib, ularga davlat budjetidan 339 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan.