Orban Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqanddagi sammitida qatnashadi

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
Budapeshtdagi “Karmelita” saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tor doirada ikki tomonlama muzokara o‘tkazdi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban noyabr oyida Samarqandda o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda u kecha Budapeshtdagi “Karmelita” saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tgan tor doirada ikki tomonlama muzokara chog‘ida ma’lum qildi.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
Suhbatda O‘zbekiston-Vengriya strategik sherikligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston prezidenti do‘st Vengriya yetakchisiga tashrif davomida ko‘rsatilgan samimiy qabul va iliq mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirgan.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
Muzokaralarda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini, shu jumladan sanoat kooperatsiyasi orqali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Shu ma’noda, ikki mamlakat iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turishi, rivojlanish strategiyalari diversifikatsiya va industriallashuvga qaratilgani bilan bir-biriga o‘xshashligi qayd etilgan.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
“Tomonlar o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma quvvatlar yaratish va shu orqali MDH, Sharqiy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqishga intiladi. Farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, innovatsiyalar, raqamlashtirish, transport hamda ilmiy tadqiqotlar hamkorlik uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi”, - deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
O‘zbekiston prezidenti va Vengriya bosh vaziri tor doirada uchrashuv o‘tkazdi
Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham muhokama qilgan. Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan BMT, YeXHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqalar doirasidagi hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tilgan.
Yangiliklar lentasi
0