https://oz.sputniknews.uz/20221005/opek-neft-qazib-olishni-kuniga-2-million-barrelga-qisqartiradi-28837168.html
OPEK+ neft qazib olishni kuniga 2 million barrelga qisqartiradi
OPEK+ neft qazib olishni kuniga 2 million barrelga qisqartiradi
Sputnik O‘zbekiston
OPEK+ davlatlari noyabr oyidan neft qazib olishni kuniga ikki million barrelga qisqartirishga kelishib oldilar. Qarorni barcha a’zolar ma’qulladi. 05.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-05T21:45+0500
2022-10-05T21:45+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
neft
opek
aqsh
sanksiyalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24508182_0:241:2787:1809_1920x0_80_0_0_2100eff00d0bffa3faf598d35736cd15.jpg
TOShKENT, 5 okt - Sputnik. OPEK+ davlatlari noyabr oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga ikki million barrelga qisqartirishga kelishib oldilar, deyiladi a’zo davlatlar vakillari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan kommunikeda.OPEK+ning ushbu qarori “jahon iqtisodiyoti atrofidagi noaniqliklar va neft bozori prognozlarini hisobga olgan holda”, shuningdek, alyansning faol yondashuviga muvofiq qabul qilingani qayd etilgan.Ushbu qaror bitimning barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan."Oq uy" allaqachon neft qazib oluvchi davlatlarning ushbu qarori "uzoqni ko‘ra bilmaslik" degan bayonot bilan chiqdi. Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar Rossiya neftini dengiz orqali uchinchi davlatlarga belgilangan chegaradan yuqori narxda tashishni taqiqlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining 5-dekabrdan kuchga kiradigan sanksiyalariga ko‘ra, Rossiya xom neftini Ittifoq mamlakatlariga dengiz orqali olib kirishni taqiqlaydi.G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan o‘rnatilgan ko‘plab cheklovlar natijasida jahon bozorlarida energiya tashuvchilari narxlari va inflyatsiya rekord darajasiga ko‘tarildi. Vaziyatni barqarorlashtirish uchun Jo Bayden iyul oyida Yaqin Sharqqa tashrif buyurib Saudiya Arabistonidan neft qazib olish va yetkazib berish hajmini oshirishni so‘ragan edi. Bayden tashrifidan so‘ng kvotalar oldin rejalashtirilgan, kuniga atigi 100 ming barrelga oshirilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24508182_28:0:2759:2048_1920x0_80_0_0_9670eee0a77b97351a1dec215858f6ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, neft, opek, aqsh, sanksiyalar, rossiya
dunyoda, neft, opek, aqsh, sanksiyalar, rossiya
OPEK+ neft qazib olishni kuniga 2 million barrelga qisqartiradi
21:45 05.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) OPEK+ davlatlari noyabr oyidan neft qazib olishni kuniga ikki million barrelga qisqartirishga kelishib oldilar. Qarorni barcha a’zolar ma’qulladi.
TOShKENT, 5 okt - Sputnik. OPEK+ davlatlari noyabr oyidan boshlab neft qazib olish hajmini kuniga ikki million barrelga qisqartirishga kelishib oldilar, deyiladi a’zo davlatlar vakillari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan kommunikeda.
“2022 yil noyabr oyidan boshlab OPEK va OPEKga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar uchun umumiy ishlab chiqarish hajmini 2022-yil avgust oyiga nisbatan kuniga ikki million barrelga kamaytirishga moslashtiring”, — deyiladi hujjatda.
OPEK+ning ushbu qarori “jahon iqtisodiyoti atrofidagi noaniqliklar va neft bozori prognozlarini hisobga olgan holda”, shuningdek, alyansning faol yondashuviga muvofiq qabul qilingani qayd etilgan.Ushbu qaror bitimning barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
"Oq uy" allaqachon neft qazib oluvchi davlatlarning ushbu qarori "uzoqni ko‘ra bilmaslik" degan bayonot bilan chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar Rossiya neftini dengiz orqali uchinchi davlatlarga belgilangan chegaradan yuqori narxda tashishni taqiqlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining 5-dekabrdan kuchga kiradigan sanksiyalariga ko‘ra, Rossiya xom neftini Ittifoq mamlakatlariga dengiz orqali olib kirishni taqiqlaydi.
G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan o‘rnatilgan ko‘plab cheklovlar natijasida jahon bozorlarida energiya tashuvchilari narxlari va inflyatsiya rekord darajasiga ko‘tarildi. Vaziyatni barqarorlashtirish uchun Jo Bayden iyul oyida Yaqin Sharqqa tashrif buyurib Saudiya Arabistonidan neft qazib olish va yetkazib berish hajmini oshirishni so‘ragan edi. Bayden tashrifidan so‘ng kvotalar oldin rejalashtirilgan, kuniga atigi 100 ming barrelga oshirilgan edi.