https://oz.sputniknews.uz/20221005/garb-ukraina-jinoyatlariga-sherik-bolib-qolmoqda--diplomat--28818766.html
G‘arb Ukraina jinoyatlariga sherik bo‘lib qolmoqda – diplomat
G‘arb Ukraina jinoyatlariga sherik bo‘lib qolmoqda – diplomat
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya diplomati: Ushbu qurolni taqdim etish orqali siz Ukraina hukumati va harbiylarining harbiy jinoyatlariga sherik bo‘lasiz. 05.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-05T14:54+0500
2022-10-05T14:54+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
ukraina
g‘arb
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/04/26826093_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_71a5888f021ea2092087e7db3339b261.jpg
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ukrainaning rusiyzabon aholiga nisbatan sodir etgan jinoyatlarini e’tiborsiz qoldirib, ularni amalga oshirish uchun Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlab, G‘arb haqiqatda bu jinoyatlarga sherik bo‘lib qoladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMT Inson huquqlari kengashidagi vakili ma’lum qildi.Uning qo‘shimcha qilishicha, Inson huquqlari kengashi inson huquqlari yo‘nalishida G‘arb siyosatini ilgari surish vositasiga aylangan.Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/04/26826093_148:0:2879:2048_1920x0_80_0_0_7c169794b93b78ea92e3213c6ca9e15c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, g‘arb, rossiya
dunyoda, ukraina, g‘arb, rossiya
G‘arb Ukraina jinoyatlariga sherik bo‘lib qolmoqda – diplomat
14:54 05.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Rossiya diplomati: Ushbu qurolni taqdim etish orqali siz Ukraina hukumati va harbiylarining harbiy jinoyatlariga sherik bo‘lasiz.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ukrainaning rusiyzabon aholiga nisbatan sodir etgan jinoyatlarini e’tiborsiz qoldirib, ularni amalga oshirish uchun Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlab, G‘arb haqiqatda bu jinoyatlarga sherik bo‘lib qoladi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining BMT Inson huquqlari kengashidagi vakili
ma’lum qildi. “Siz yetkazgan qurollarning har bir shunday zarbasi natijasida tinch aholi va bolalar halok bo‘ldi va halok bo‘lishda davom etmoqda. Ushbu qurolni taqdim etish orqali siz Ukraina hukumati va harbiylarining harbiy jinoyatlariga sherik bo‘lasiz”, dedi diplomat.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Inson huquqlari kengashi inson huquqlari yo‘nalishida G‘arb siyosatini ilgari surish vositasiga aylangan.
“Siz Ukrainaning rusiyzabon aholisiga nisbatan Kiyev tomonidan rasmiy mafkura darajasiga kiritilgan nafratli ritorika va repressiyalarga ikkiyuzlamachilik bilan e’tibor bermaslikda davom etapsiz. Siz hech qachon Donesk markaziga, DXR va LXRdagi fuqarolik obyektlariga, Zaporojye atom elektr stansiyasiga, Rossiyadagi fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumlarni qoralamagansiz”, deya qo‘shimcha qildi diplomatik missiya a’zosi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.