Budapeshtda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi ochiladi

© O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatiO‘zbekiston va Vengriya strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Vengriya strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban Budapeshtda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi ochilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Vengriya poytaxti Budapesht shahrida O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida o‘tkazilgan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar chog‘ida ma’lum qildi.
Uchrashvda tomonlar kelajakda ikki tomonlama tovar ayirboshlashni 500 million dollarga yetkazish rejasini ro‘yobga chiqarishga kelishib olishdi. Viktor Orban Vengriya O‘zbekistonni o‘zining "muhim va uzoq muddatli hamkori" deb hisoblashini bildirdi.
Tomonlar yaqinda o‘tkazilgan biznes-forumning muvaffaqiyatli yakunlari, ya’ni qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan investitsiya hamda savdo bitimlari imzolangani natijador hamkorlikning aniq amaliy natijasi bo‘lganini qayd etdi.
Ushbu rejalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida Budapeshtda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi ochilishi ma’lum qilindi.
Yangiliklar lentasi
0