https://oz.sputniknews.uz/20221004/turkiyadya-etnosport-oyinlarida-ozbek-kurashchilari-18ta-medal-qolga-kiritishdi-28778163.html
Turkiyada etnosport o‘yinlarida o‘zbek kurashchilari 18ta medal qo‘lga kiritishdi
Turkiyada etnosport o‘yinlarida o‘zbek kurashchilari 18ta medal qo‘lga kiritishdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘ttizdan ortiq davlat vakillari ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik kurashchilar 18ta medal qo‘lga kiritishdi. 04.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-04T15:56+0500
2022-10-04T15:56+0500
2022-10-04T16:21+0500
sport
kurash
turkiya
etnosport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28778323_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_0d9b1c6732a7f76a1fd584cf3c145be8.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Butunjahon etnosport o‘yinlarida o‘zbek kurashchilari 18ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.Turkiyaning Iznik shahrida 29-sentabrdan 3-oktabrga qadar Butunjahon etnosport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.Mazkur o‘yinlarda belbog‘li kurash bo‘yicha 17 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi.Polvonlar dastlab belbog‘li kurash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi. Shundan so‘ng, ular belbog‘li kurash sport turlari bo‘lmish korsh va alish bo‘yicha ham belgilangan vazn toifalarida bellashishdi.Aytilishicha, belbog‘li kurash sport turi Butunjahon etnosport o‘yinlari dasturidan rasman joy oldi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/04/28778323_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_01736a82ea8044910358b46c2423f48c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, kurash, turkiya, etnosport
sport, kurash, turkiya, etnosport
Turkiyada etnosport o‘yinlarida o‘zbek kurashchilari 18ta medal qo‘lga kiritishdi
15:56 04.10.2022 (yangilandi: 16:21 04.10.2022) O‘ttizdan ortiq davlat vakillari ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik kurashchilar 18ta medal qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Butunjahon etnosport o‘yinlarida o‘zbek kurashchilari 18ta medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar
berdi. Turkiyaning Iznik shahrida 29-sentabrdan 3-oktabrga qadar Butunjahon etnosport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘yinlarda belbog‘li kurash bo‘yicha 17 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi.
“30 dan ortiq davlatdan yig‘ilgan polvonlar orasida kurashchilarimiz 6 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, kuchlilar qatoridan joy olishdi”, deyiladi xabarda.
Polvonlar dastlab belbog‘li kurash bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi. Shundan so‘ng, ular belbog‘li kurash sport turlari bo‘lmish korsh va alish bo‘yicha ham belgilangan vazn toifalarida bellashishdi.
Aytilishicha, belbog‘li kurash sport turi Butunjahon etnosport o‘yinlari dasturidan rasman joy oldi.