Shavkat Mirziyoyev Vengriya ishbilarmonlari bilan uchrashdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v gorode Budapeshte provel vstrechu
s glavami vedushix kompaniy i bankov Vengrii.
Obuna bo‘lish
Prezident Vengriyaning farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, elektronika, kimyo, to‘qimachilik va avtomobilsozlik sohalari vakillari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Budapesht shahrida Vengriyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, Savdo-sanoat palatasi raisi Laslo Parrag, "OTP Bank" raisi Shandor Chani, shuningdek, "Gedeon Richter", "Bonafarm", "Wizz Air", "Raba Holding", "Meditop", "Master Good", "Kite" kabi yigirmaga yaqin eng yirik kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, elektronika va elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik, charm tarmoqlari va avtomobilsozlik kabi sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v gorode Budapeshte provel vstrechu
s glavami vedushix kompaniy i bankov Vengrii.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v gorode Budapeshte provel vstrechu
s glavami vedushix kompaniy i bankov Vengrii.
Bunday uchrashuvlar bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizning savdo-iqtisodiy muvaffaqiyatlarini ilgari surish, chet el sarmoyadorlarini o‘zaro manfaatli loyihalarga jalb qilishga xizmat qiladi, - deyiladi xabarda.
Uchrashuvda ustuvor loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma fond tashkil etilishi va u tez fursatda ish boshlashi aytildi.
Faqat Vengriya kompaniyalari uchun mo‘ljallangan alohida sanoat zonasini yaratish va uni barcha zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlash taklif etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v gorode Budapeshte provel vstrechu
s glavami vedushix kompaniy i bankov Vengrii.
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v gorode Budapeshte provel vstrechu
s glavami vedushix kompaniy i bankov Vengrii.
Shuningdek O‘zbekiston tomonid Vengriya ishbilarmonlariga ularning investitsiya rejalarini ro‘yobga chiqarishda to‘liq ko‘maklashishga tayyorligi qayd etildi.
- Har bir tadbirkorni mamlakatimizga kelib, bugungi kunda investitsiyalar uchun eng yaxshi joy O‘zbekiston ekanligiga shaxsan ishonch hosil qilishga taklif etaman! – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Vengriya ishbilarmonlari ham O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berdilar hamda mamlakatimiz bozoriga chiqish, istiqbolli qo‘shma loyihalar amalga oshirishga tayyorligini bildirdilar. Kecha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Vengriya biznes forumida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod investitsiya, savdo va moliyaviy kelishuvlar imzolangan edi.
Shavkat Mirziyoyev va Vengriya ishbilarmonlari uchrashuvi yakunida ilgari surilgan barcha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq muddatlar va mas’ul ijrochilar ko‘rsatilgan kompleks “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.