https://oz.sputniknews.uz/20221004/sanatoriyalarga-onlayn-yollanma-olish-xizmati-ishga-tushdi-28772254.html
Sanatoriyalarga onlayn yo‘llanma olish xizmati ishga tushdi
Sanatoriyalarga onlayn yo‘llanma olish xizmati ishga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Ishga tushirilgan yangi xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud. 04.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-04T13:28+0500
2022-10-04T13:28+0500
2022-10-04T13:28+0500
jamiyat
xizmat
sanatoriy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/818/67/8186785_0:139:1281:859_1920x0_80_0_0_d32176dcc8cfad5cd6e99a83246664b4.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida respublika sanatoriyalarida yotib davolanishga onlayn navbatga turish hizmati ishga tushirildi.Ushbu xizmat orqali sanatoralarda mavjud navbatlarni oldindan ko‘rish imkoniyati ham mavjud.Navbatga turish yoki belgilangan toifaga mos bo‘lmagan ariza beruvchilarga rad etilganlik xabarnomasi avtomatik tarzda yetkaziladi. Shuningdek, ariza beruvchi o‘z navbatini onlayn kuzatib bora oladi.Quyidagilar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin:Ariza beruvchi portaldagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish” xizmatini tanlab, kerakli sihatgohni belgilashi va so‘rov yuborishi mumkin.Mazkur xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.Mazkur xizmatdan foydalanishga 102 nafar fuqaro ulgurgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/818/67/8186785_65:0:1210:859_1920x0_80_0_0_cbf922d782b178be7893d3aa6f60b5d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, xizmat, sanatoriy
jamiyat, xizmat, sanatoriy
Sanatoriyalarga onlayn yo‘llanma olish xizmati ishga tushdi
Ishga tushirilgan yangi xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida respublika sanatoriyalarida yotib davolanishga onlayn navbatga turish hizmati ishga
tushirildi. Ushbu xizmat orqali sanatoralarda mavjud navbatlarni oldindan ko‘rish imkoniyati ham mavjud.
Navbatga turish yoki belgilangan toifaga mos bo‘lmagan ariza beruvchilarga rad etilganlik xabarnomasi avtomatik tarzda yetkaziladi. Shuningdek, ariza beruvchi o‘z navbatini onlayn kuzatib bora oladi.
Quyidagilar ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin:
Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirganlar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II -guruh nogironligi bo‘lganlar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar.
Ariza beruvchi portaldagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish” xizmatini tanlab, kerakli sihatgohni belgilashi va so‘rov yuborishi mumkin.
Mazkur xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.
Mazkur xizmatdan foydalanishga 102 nafar fuqaro ulgurgan.