https://oz.sputniknews.uz/20221004/quyosh-panellari-va-quyosh-suv-isitgichlarini--sotib-olish-uchun-platforma-ishga-tushirildi-28787372.html
Quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun platforma ishga tushirildi
Quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun platforma ishga tushirildi
Sputnik O‘zbekiston
Iste’molchilar ushbu platformadan foydalangan holda mamlakatda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3-yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash sharti... 04.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-04T16:56+0500
2022-10-04T16:56+0500
2022-10-04T16:56+0500
jamiyat
quyosh suv isitish qurilmalari
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1364/64/13646471_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_4356e63c5c82686b9ef48682c0490121.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini imtiyozli asosda sotib olish uchun platforma ishga tushirildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, 1-oktabrdan vazirlik huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining raqamli onlayn platformasi ish boshladi.Iste’molchilar ushbu platformadan foydalangan holda mamlakatda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3-yilgacha foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishlari mumkin.Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari narxini to‘liq to‘lagan iste’molchini xarid qilgan xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan qoplanadi.Aholi tovar va ishlab chiqaruvchini tanlash huquqi bilan onlayn platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishi va xarid qilish uchun ariza topshirishi mumkin.Hozirda platforma test rejimida ishlamoqda. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning takliflarini to‘ldirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev “Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.Unga ko‘ra, mazkur maqsadlar uchun 2022-yil yakuniga qadar davlat budjetidan jamg‘armaga 100 mlrd so‘m yo‘naltirish topshirilgan. Kompensatsiya miqdori qurilmaning quvvatidan kelib chiqqan holda bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravaridan 50 baravarini tashkil etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1364/64/13646471_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_fa44518f8428762ef2ecc476043483a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, quyosh suv isitish qurilmalari, energetika vazirligi
jamiyat, quyosh suv isitish qurilmalari, energetika vazirligi
Quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini sotib olish uchun platforma ishga tushirildi
Iste’molchilar ushbu platformadan foydalangan holda mamlakatda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3-yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishlari mumkin.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini imtiyozli asosda sotib olish uchun platforma ishga tushirildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar
berdi. Qayd etilishicha, 1-oktabrdan vazirlik huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasining raqamli onlayn platformasi ish
boshladi.Iste’molchilar ushbu platformadan foydalangan holda mamlakatda ishlab chiqarilgan quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3-yilgacha foizsiz bo‘lib bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilishlari mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari narxini to‘liq to‘lagan iste’molchini xarid qilgan xarajatlarining bir qismi Jamg‘arma hisobidan qoplanadi.
Aholi tovar va ishlab chiqaruvchini tanlash huquqi bilan onlayn platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishi va xarid qilish uchun ariza topshirishi mumkin.
Hozirda platforma test rejimida ishlamoqda. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning takliflarini to‘ldirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev “Energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.
Unga ko‘ra, mazkur maqsadlar uchun 2022-yil yakuniga qadar davlat budjetidan jamg‘armaga 100 mlrd so‘m yo‘naltirish topshirilgan. Kompensatsiya miqdori qurilmaning quvvatidan kelib chiqqan holda bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 5 baravaridan 50 baravarini tashkil
etadi.