Polsha Belarus chegaralari yaqinida harbiy kuchlarini to‘plamoqda – Lukashenko

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii v rasshirennom sostave glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS), glav stran - nablyudateley ShOS, glav priglashennix gosudarstv i glav priglashennix mejdunarodnix organizatsiy.
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii v rasshirennom sostave glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS), glav stran - nablyudateley ShOS, glav priglashennix gosudarstv i glav priglashennix mejdunarodnix organizatsiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga qo‘shni mamlakatlarda taxminan 25 ming kishidan iborat NATO guruhi mavjud.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha Belarus chegaralari yaqinida harbiy kuchlarini to‘playotganini, Litva esa ortda qolmaslikka harakat qilayotganini ma’lum qildi.

“Polsha Belarus chegaralari yaqinida harbiy kuchlarini to‘plamoqda, Litva esa ortda qolmaslikka harakat qilmoqda”, - dedi Lukashenko harbiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarusga qo‘shni mamlakatlarda taxminan 25 ming kishidan iborat NATO guruhi mavjud.
“Polsha eng faol. Belarus yo‘nalishining janubida yangi mexanizatsiyalashgan bo‘linma, mamlakat shimoli va sharqida Polsha hududiy mudofaasi shaxsiy brigadalari tashkil etilmoqda”, dedi u.
Lukashenko “chegaralarimiz yaqinida razvedka parvozlari intensivligi pasaymayapti”, deb ta’kidladi.
“Faol tezkor va jangovar tayyorgarlik olib borilmoqda”, deya davom etadi u.
Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, “bir qator Yevropa davlatlari Kiyevni qo‘llab-quvvatlash niqobi ostida zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan qayta qurollantirish, armiyalarini kuchaytirish bo‘yicha o‘z rejalarini amalga oshirmoqda”.
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii Soveta glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2022
Lukashenko Belarus atrofidagi vaziyatni xavfli deb baholadi
Yangiliklar lentasi
0