https://oz.sputniknews.uz/20221004/peskov-maskning-ukrainaga-oid-tashabbusiga-munosabat-bildirdi-28791070.html
Peskov Maskning Ukrainaga oid tashabbusiga munosabat bildirdi
Peskov Maskning Ukrainaga oid tashabbusiga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, ko‘plab professional diplomatlardan farqli o‘laroq, Ilon Mask “tinchlikka erishish yo‘llarini izlamoqda”. 04.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-04T18:37+0500
2022-10-04T18:37+0500
2023-04-05T18:40+0500
rossiya
ilon mask
aqsh
ukraina
dmitriy peskov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/0a/15369199_0:171:3031:1876_1920x0_80_0_0_c8cb8ccb45297b5f306721c1dacacede.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor hamda Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask kabi shaxs Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini izlayotgani juda ijobiy, u ko‘plab professional diplomatlardan farqli o‘laroq, “tinchlikka erishish yo‘llarini izlashga harakat qilmoqda”. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya boshidanoq “o‘z shartlari muzokaralar yo‘li bilan bajarilishi tarafdori edi”. Peskovning ta’kidlashicha, ko‘plab professional diplomatlardan farqli o‘laroq, Ilon Mask “tinchlikka erishish yo‘llarini izlamoqda”.Peskov “bunday odamlar tinch yo‘nalishga o‘tish uchun nima qilish mumkinligi haqida mantiqiy fikr yuritishga harakat qilmoqda”, deb ta’kidladi.Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask Ukrainadagi mojaroni Qrimni Rossiya tarkibida saqlab qolish va Donbass, Xerson va Zaporojye viloyatlarida BMT nazorati ostida takroriy referendumlar o‘tkazish orqali hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qilgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/0a/15369199_150:0:2881:2048_1920x0_80_0_0_774085bd9bf3fae382ff5b684912ba6c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ilon mask, aqsh, ukraina, dmitriy peskov
rossiya, ilon mask, aqsh, ukraina, dmitriy peskov
Peskov Maskning Ukrainaga oid tashabbusiga munosabat bildirdi
18:37 04.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Rossiya prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, ko‘plab professional diplomatlardan farqli o‘laroq, Ilon Mask “tinchlikka erishish yo‘llarini izlamoqda”.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Amerikalik tadbirkor hamda Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask kabi shaxs Ukraina atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish yo‘llarini izlayotgani juda ijobiy, u ko‘plab professional diplomatlardan farqli o‘laroq, “tinchlikka erishish yo‘llarini izlashga harakat qilmoqda”. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov
ta’kidladi. “Aslida, Ilon Mask kabi odam vaziyatdan tinch yo‘l bilan chiqish yo‘lini izlayotgani juda ijobiy”, dedi Peskov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya boshidanoq “o‘z shartlari muzokaralar yo‘li bilan bajarilishi tarafdori edi”. Peskovning ta’kidlashicha, ko‘plab professional diplomatlardan farqli o‘laroq, Ilon Mask “tinchlikka erishish yo‘llarini izlamoqda”.
“U yerdagi ko‘plab g‘oyalar e’tiborga loyiq. Referendum o‘tkazishga kelsak, aholi allaqachon o‘z fikrini bildirgan. Bu yerda boshqa hech narsa bo‘lishi mumkin emas”, Peskov.
Peskov “bunday odamlar tinch yo‘nalishga o‘tish uchun nima qilish mumkinligi haqida mantiqiy fikr yuritishga harakat qilmoqda”, deb ta’kidladi.
“Albatta, biz Maskning bu tashabbusi Yevropada, Ukraina, Polsha va hokazolarda ko‘pchilikka uyqu bermayotganini payqadik. Boltiqbo‘yi respublikalarida. Birinchi navbatda, ovoz berishda faol ishtirok etgan botlarga uyqu bermayapti”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask Ukrainadagi mojaroni Qrimni Rossiya tarkibida saqlab qolish va Donbass, Xerson va Zaporojye viloyatlarida BMT nazorati ostida takroriy referendumlar o‘tkazish orqali hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini
taklif qilgan edi.