O‘zbekistonda COVID-19ni zararsizlantiruvchi immun suti ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kuvshin s molokom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Immun sutini olish ustidagi tadqiqotlar qanday olib borilgani haqida bizning materialimizda batafsil o‘qishingiz mumkin.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19ni zararsizlantirish xususiyatiga ega immunitetli sutdan qator mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzovaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, vazirlik Qoraqalpog‘istondagi “PanaevFarms” chorvachilik korxonasida koronavirusga qarshi faol neytrallovchi immun suti pasterizatsiyalangan sut holida kichik hajmda ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirishni tasdiqlagan.
Bunda vazirlik “IMMUNE MILK” brendi ostida bajarilishi bir yilga mo‘ljallangan tijoratlashtirishga mablag‘ ajratadi.

Endi yangi texnologiya asosida og‘iz sutidan bolalar va kattalar uchun biologik faol, tez shimiluvchi va SARS-CoV-2 ga qarshi neytrallashtiradigan antitanachalari mavjud bo‘lgan mahalliy mahsulot ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Kelajakda immun sutidan tashqari, olingan xomashodan so‘riladigan tabletkalar hamda vanil, yalpiz, limon mazali og‘iz bo‘shlig‘iga sepiladigan spreylar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
© Innovatsion rivojlanish vazirligi IMMUNE MILK
IMMUNE MILK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
IMMUNE MILK

Immun sutini olish ustidagi ilk qadam

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi va Avstriyaning Vena Tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod immun sutini olish ustida tadqiqotlar olib borilgan.
Xalqaro molekulyar allergologiya markazining Biotexnologiyalar va komparativ tibbiyot sohasidagi olimlar jamoasi ZF-UZ-VAC2001 O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi bilan emlangan sigirlarning immun sutidan tajriba namunalarini olishgan.
© Innovatsion rivojlanish vazirligi Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar
Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar
Bunda markaz va Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan "PanaevFarms" FX kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra, 31 bosh simmental (govmish) nasldor sigirlar va Avstriya va Germaniyadan Golshtin zotli sigirlar olib kelingan. Ular xavfsiz hamda samarali bo‘lgan vaksina bilan emlangan.
© Innovatsion rivojlanish vazirligi Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar
Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar

Tadqiqotlar natijasi

Koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod immun sutini olish ustidagi tadqiqotlar natijasi birinchi marta koronavirusga qarshi immun suti olish imkoniyati amaliyotda isbotlab bergan.
Natijalarga ko‘ra, ZF-UZ-VAC2001 rekombinant vaksinasi bilan emlangan sigir va echkilarda ikkinchi dozadan 2 hafta o‘tib, ularning qon zardoblarida neytrallovchi antitanachalar hosil bo‘lgan.
Neytrallovchi antitanachalar faolligi 3-dozadan keyin 21 kun o‘tib eng yuqori faollikka ko‘tarilgan va zardob 120-marta suyultirilganda ham laboratoriya testlarida tirik koronavirus ko‘payishini to‘xtatishi aniqlangan.
Neytrallovchi antitanachalar miqdori sutga nisbatan birinchi uch kunlik og‘iz sutida yuqori miqdorda ekanligi va emlangan ona sigir sutidagi neytrallovchi antitanalar sut bilan oziqlangan buzoqlarga o‘tishi amaliy tajribada ko‘rsatib berilgan.
© Innovatsion rivojlanish vazirligi Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar
Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Immun sutidan olingan mahalliy kapsulalar
Olimlar immun suti xususiyatlari 62,5 ○S temperaturada 30 minut davomidagi pasterizatsiya rejimida saqlanib qolishi aniqlab, immun sutining terapevtik maqsadlarda ishlatish imkoniyatini ochib berishdi.
Yangiliklar lentasi
0