Maxsus operatsiya: 3-oktabrning asosiy xabarlari
16:22 04.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023)

© Sputnik / Viktor Antonyuk
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, so‘nggi uch kun davomida olib borilgan jangovar harakatlar natijasida Ukraina tomoni yo‘qotishlari 2000 mingdan ortqi askar va 150dan ortiq harbiy texnikani tashkil qildi
TOShKENT, 4 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukraina hududida olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyasiga doir 3-oktabrning asosiiy voqealari.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:
Xarkov viloyatining Kupansk, Dvurechnaya va Kurilovka aholi punktlariga berilgan raketa zarbalari natijasida 140 dan ortiq harbiy xizmatchilar va 19 ta maxsus harbiy texnika yo‘q qilindi. (Uch kunlik jangovar harakatlar natijasida umumiy yo‘qotishlar soni 500 dan ortiq harbiy xizmatchi va 60 ga yaqin harbiy texnikani tashkil etdi.)
Slavansk viloyatidagi Krasnolimanskiy yo‘nalishida Ukraina Qurolli Kuchlarining 66-mexanizatsiyalashgan brigadasiga berilgan zarbalar natijasida 100 nafargacha harbiy xizmatchi, oltita zirhli mashina va ikkita "Grad" reaktiv tizimi mashinasi yo‘q qilindi. (Uch kunlik jangovar harakatlar natijasida Ukraina QKning 66 va 93-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalari yo‘qotishlari 900 dan ortiq kishini tashkil etdi)
Artyomovskiy yo‘nalishida Kalinovka qishlog‘i yaqinidagi janglarda Ukraina QKning 10-tog‘-hujum brigadasining 260dan ortiq shaxsiy tarkibi va 14ta harbiy texnikasi yo‘q qilindi.
Donetsk yo‘nalishida Pervomayskoe aholi punkti yaqinida dushman hujumini qaytarish jarayonida Ukraina QKning 56-motoo‘qchi brigadasi 21-batalonining 100 dan ortiq harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi.
Nikolayevskiy va Andreyevskiy taktik yo‘nalishlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining barcha hujumlari muvaffaqiyatli qaytarildi. Rossiya Aerokosmik kuchlarining Xerson viloyati, Davidov Brod aholi punkti hududidagi Ukraina Qurolli Kuchlarining 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalariga bergan zarbasi natijasida 60 nafargacha jangari va yetti nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi
Zolotaya Balka, Aleksandrovka yo‘nalishidagi qo‘shin soni bo‘yicha bir necha barobar ustun keladigan dushman tank bo‘linmalari Rossiya kuchlari mudofaasining ichiga kirib borishga muvaffaq bo‘ldi. Rossiya qo‘shinlari oldindan tayyorlangan mudofaa chizig‘iga chekindi va dushmanga kuchli qarshi o‘t bilan kutib olishdi. Jangovar harakatlarda Ukraina tomonining yo‘qotishlari 130 ga yaqin askar va 23 ta harbiy texnikani tashkil qildi.
DXRning Kramatorsk, Artyomovsk, Opitnoe, Yampol va Xerson viloyatining Dobranka aholi punktlari hududlarida beshta raketa va artilleriya qurollari va o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
DXRning Nikiforovka aholi punkti hududida Rossiya Aerokosmik kuchlari Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasini yo‘q qildi.
Zaporojye viloyatidagi Svetkovoe, Svatopetrovka va Yablokovo aholi punktlari hududlarida "Grad" reaktiv tizimining uchta batareyasi yo‘q qilindi.
Rossiya Havo hujumidan mudofaa tizimlari DXRning Valeranovka, Xarkov viloyatining Kupansk va Xerson viloyatining Borozenskoe aholi punktlari hududlarida uchta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi. Bundan tashqari, Xerson viloyatidagi Novaya Kaxovka, Vesele va Novaya Zburevka aholi punktlari hududlarida Amerikaning HIMARS raketa tizimining 15 ta snaradlari havoda yo‘q qilindi.
Ma’lumot uchun, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri jami 310 ta samolyot, 155 ta vertolot, 2 137 ta uchuvchisiz uchish apparati, 378 ta zenit-raketa tizimi, 5 292 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 860 ta raketa-tashuvchi jangovar texnika, 344 ta artiller va minomotlar, shuningdek, 6189 dona maxsus harbiy texnika yo‘q qilindi.
