https://oz.sputniknews.uz/20221004/isroil-rossiyaga-qarshi-sanktsiya-kiritimaydi--elchi--28798784.html
Isroil Rossiyaga qarshi sanksiya kiritimaydi – elchi
Isroil Rossiyaga qarshi sanksiya kiritimaydi – elchi
Sputnik O‘zbekiston
Isroil qonunlarida biror bir davlatga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar qo‘llash imkoniyati ko‘zda tutilmagan, deydi Brodskiy. 04.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-04T20:10+0500
2022-10-04T20:10+0500
2023-04-05T18:40+0500
dunyoda
ukraina
isroil
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/182/49/1824982_0:238:2795:1810_1920x0_80_0_0_8c39377a25f2ffbf2b7ec21b64d4c39e.jpg
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Isroilning Ukrainadagi elchisi Mixael Brodskiyning aytishicha, Isroil Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar masalasiga oid qonun doirasida, bir tomonlama sanksiyalar qo‘llashni nazarda tutmaydi, balki ittifoqchilar bilan kelishilgan holda harakat qiladi.Uning ta’kidlashicha, deyarli barcha Isroil kompaniyalari Amerika yoki Yevropa bozorida ishlaydi va hech bir kompaniya sanksiyalar atrofida harakat qilmaydi, xuddi shu narsa davlatga ham tegishli.24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/182/49/1824982_32:0:2763:2048_1920x0_80_0_0_b16e4932d29ef82bfa39cd14fd85682d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, isroil, rossiya
dunyoda, ukraina, isroil, rossiya
Isroil Rossiyaga qarshi sanksiya kiritimaydi – elchi
20:10 04.10.2022 (yangilandi: 18:40 05.04.2023) Isroil qonunlarida biror bir davlatga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar qo‘llash imkoniyati ko‘zda tutilmagan, deydi Brodskiy.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Isroilning Ukrainadagi elchisi Mixael Brodskiyning aytishicha, Isroil Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar masalasiga oid qonun doirasida, bir tomonlama sanksiyalar qo‘llashni nazarda tutmaydi, balki ittifoqchilar bilan kelishilgan holda harakat
qiladi. “Isroil boshidanoq, Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etilishi bilanoq ularni chetlab o‘tish uchun harakat qilmasligini aytdi. Gap shundaki, Isroil qonunlarida biror bir davlatga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar qo‘llash imkoniyati ko‘zda tutilmagan. Isroil tarixida bunday holatlar bo‘lmagan, chunki qonunda bunday imkoniyat yo‘q”, degan Brodskiy.
Uning ta’kidlashicha, deyarli barcha Isroil kompaniyalari Amerika yoki Yevropa bozorida ishlaydi va hech bir kompaniya sanksiyalar atrofida harakat qilmaydi, xuddi shu narsa davlatga ham tegishli.
“Sanksiyalar joriy etilgan paytda biz hech qanday tarzda sanksiyalar rejimini buzmaslik uchun shunga yarasha harakat qila boshladik. Va bu davom etadi”, deydi u.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.