Bayden ikkinchi muddatga saylanish uchun nomzodini qo‘ymoqchi – OAV

© AP Photo / Andrew HarnikPrezident SShA Djo Bayden
Prezident SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden keyingi prezidentlik saylovida ham o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligini aytdi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden 2024-yilda ikkinchi muddatga saylanish niyatida. Bu haqda u huquq himoyachisi va teleboshlovchi Al Sharpton bilan suhbatda ma’lum qilgan, deya xabar berdi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Bayden sentabr oyida Al Sharpton bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida prezidentlikka nomzodi borasida to‘xtalib, “yana o‘z nomzodini ilgarini surishini” aytgan.
Telekanalning qayd etishicha, Bayden tarafdorlari uning ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yish niyatini bir necha bor e’lon qilishlariga qaramay, Amerika ma’muriyatining amaldagi rahbari so‘nggi paytlarda bu mavzu bo‘yicha aniq bayonotlardan o‘zini tiyib kelgan.
“The Washington Post” va “ABC News” o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, AQSh Demokratik partiyasi tarafdorlarining yarmidan ko‘pi 2024-yilgi navbatdagi prezidentlik saylovlarida Bayden nomzodini qo‘llab-quvvatlamaydi. Demokratlar va bu partiyaning mustaqil tarafdorlarining 56 foizi saylov vaqtida 82 yoshga to‘ladigan Bayden o‘rniga boshqa nomzod ko‘rsatishni xohlashlarini bildirgan.
Bayden 2021-yil 20-yanvarda lavozimga kirishgan. U saylanganidan beri 228 kunni ta’tilda o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Issues & Answers/TIPP tomonidan o‘tkazilgan so‘rov amerikaliklarning 59 foizi Jo Baydenning ruhiy salomatligidan xavotirda ekanini ko‘rsatgandi.
Yangiliklar lentasi
0