2029 yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi

© AFP 2023 / NEOMProyekt NEOM saudovskogo umnogo i turisticheskogo transgranichnogo goroda
Proyekt NEOM saudovskogo umnogo i turisticheskogo transgranichnogo goroda  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2022
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni ilk bor Osiyo o‘yinlari mezboni etib tanlandi.
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. 2029-yilgi qishki Osiyo o‘yinlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Saudiya Arabistoni Siroat tog‘ tizmasi bag‘rida joylashgan Troyen majmuasi 2029-yilgi qishki Osiyo o‘yinlari maskani sifatida tanladi.
Mazkur inshoot Fors ko‘rfazidagi birinchi ochiq chang‘i kurorti bo‘lib, u 500 milliard dollar qiymatga ega “Neom” qurilish loyihasining bir qismi hisoblanadi. Loyiha 2026-yilda yakunlanishi kutilmoqda.
“Saudiya Arabistoni rahbariyati va Valiahd shahzodasi tomonidan sport sohasiga ko‘rsatilayotgan cheksiz qo‘llab-quvvatlash tufayli biz G‘arbiy Osiyodagi birinchi davlat sifatida Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha tanlovda g‘olib chiqqanimizni faxr bilan e’lon qilamiz”, deydi sport vaziri shahzoda Abdulaziz bin Turki Al-Faysal.
Ma’lumot uchun olimpiya o‘yinlari ketma-ket uch bor Osiyoda - Pxonchxan, Pekin va Tokioda o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0