Yaponiya bosh vaziri Rossiya bilan tinchlik shartnomasi tuzmoqchiligini ma’lum qildi

© AFP 2023 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Fumio Kisida Yaponiya hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzish yo‘nalishiga qat’iy amal qilishini ta’kidladi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Yaponiya hukumati ikki tomonlama munosabatlar yomonlashganiga qaramay, Rossiya bilan tinchlik shartnomasini tuzishga qaratilgan yo‘nalishni davom ettiradi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi.
“Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiya-Yaponiya munosabatlari og‘ir ahvolda, biroq biz hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzish yo‘nalishiga qat’iy amal qilamiz”, dedi u.
Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlarning tinchlik shartnomasi imzolamagani tufayli xira bo‘lib qolmoqda. Tokio 1855-yildagi Savdo va chegaralar to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimga tayanib da’vo qilayotgan Janubiy Kuril orollari masalasi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.
1956 yilda SSSR va Yaponiya Qo‘shma deklaratsiya qabul qildilar, unda Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgandan so‘ng, Xabomai va Shikotanni Yaponiyaga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu Kunashir va Iturupning taqdiriga ta’sir qilmadi. Biroq, keyingi muzokaralar hech narsaga olib kelmadi.
Moskvaning pozitsiyasi shundan iboratki, orollar Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kirdi va Rossiyaning ular ustidan suvereniteti shubhasiz.
Yangiliklar lentasi
0