Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya tarkibiga 4 ta yangi subyektlarni qabul qilish shartnomalari ratifikatsiya qilindi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie prisoyedineniya k Rossii LNR, DNR, Xersonskoy i Zaporojskoy oblastey v regionax RF
Prazdnovanie prisoyedineniya k Rossii LNR, DNR, Xersonskoy i Zaporojskoy oblastey v regionax RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya deputatlari Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoqlab ovoz berishdi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni bir ovozdan ratifikatsiya qildi.
Xalqaro shartnomalarda, jumladan, gap yangi subyektlar chegarasini belgilash haqida boradi. Respublikalar va viloyatlar chegaralari “ular tashkil etilgan va Rossiya tarkibiga qabul qilingan kunda mavjud bo‘lgan” hududlari chegaralari bilan aniqlanadi.
Shuningdek, shartnomalarda subyektlarni Rossiyaga qabul qilish kunidan boshlab ikkita respublika va ikkita viloyat tashkil etilishi belgilangan. Ular o‘zlarining hozirgi nomlarini saqlab qolishadi.
Kuni kecha Rossiya Konstitutsiyaviy sudi Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarini Rossiya tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni Konstitutsiyaga muvofiq deb tan olgan edi.
23-27 sentabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.
30 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va DXR, LXR, Xerson va Zaporojye rahbarlari Rossiya tarkibiga yangi hududlarni qabul qilish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdi.
Yangiliklar lentasi
0