https://oz.sputniknews.uz/20221003/peskov-yaponiya-bilan-tinchlik-shartnomasi-boyicha-muzokaralar-otkazish-imkoniyatini-rad-etdi-28743473.html
Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi
Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
Peskov: Bunday sharoitda tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borish mumkin emas. 03.10.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-10-03T17:49+0500
2022-10-03T17:49+0500
2022-10-03T17:49+0500
rossiya
yaponiya
dmitriy peskov
fumio kisida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/02/23729630_0:58:3072:1786_1920x0_80_0_0_9a7616df89104d42b16243e058a8a4a4.jpg
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi.U Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisidaning Tokio Ukraina tufayli Rossiya bilan munosabatlari qiyin bo‘lishiga qaramay, hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzishga qat’iy sodiq ekanini aytgan bayonotini shunday izohladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, Yaponiya boshqa G‘arb davlatlari orasida o‘z o‘rnini egallagan va o‘zi Rossiya uchun muzokaralarga yo‘l qo‘ymaydigan nodo‘st davlatga aylangan.Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlarning tinchlik shartnomasi imzolamagani tufayli xira bo‘lib qolmoqda. Tokio 1855-yildagi Savdo va chegaralar to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimga tayanib da’vo qilayotgan Janubiy Kuril orollari masalasi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.1956 yilda SSSR va Yaponiya Qo‘shma deklaratsiya qabul qildilar, unda Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgandan so‘ng, Xabomai va Shikotanni Yaponiyaga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu Kunashir va Iturupning taqdiriga ta’sir qilmadi. Biroq, keyingi muzokaralar hech narsaga olib kelmadi.Moskvaning pozitsiyasi shundan iboratki, orollar Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kirdi va Rossiyaning ular ustidan suvereniteti shubhasiz.
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/02/23729630_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_bfcb1dc51c20cb0cfde94a9f2e0cbcb9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, yaponiya, dmitriy peskov, fumio kisida
rossiya, yaponiya, dmitriy peskov, fumio kisida
Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi
Peskov: Bunday sharoitda tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borish mumkin emas.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yaponiya bilan tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini
rad etdi. U Yaponiya bosh vaziri
Fumio Kisidaning Tokio Ukraina tufayli Rossiya bilan munosabatlari qiyin bo‘lishiga qaramay, hududiy muammoni hal qilish va tinchlik shartnomasini tuzishga qat’iy sodiq ekanini aytgan bayonotini shunday izohladi.
“Albatta, bunday sharoitda tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borish mumkin emas”, - dedi Peskov jurnalistlarga.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Yaponiya boshqa G‘arb davlatlari orasida o‘z o‘rnini egallagan va o‘zi Rossiya uchun muzokaralarga yo‘l qo‘ymaydigan nodo‘st davlatga aylangan.
Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar Ikkinchi jahon urushidan keyin davlatlarning tinchlik shartnomasi imzolamagani tufayli xira bo‘lib qolmoqda. Tokio 1855-yildagi Savdo va chegaralar to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitimga tayanib da’vo qilayotgan Janubiy Kuril orollari masalasi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.
1956 yilda SSSR va Yaponiya Qo‘shma deklaratsiya qabul qildilar, unda Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgandan so‘ng, Xabomai va Shikotanni Yaponiyaga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi. Bu Kunashir va Iturupning taqdiriga ta’sir qilmadi. Biroq, keyingi muzokaralar hech narsaga olib kelmadi.
Moskvaning pozitsiyasi shundan iboratki, orollar Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSR tarkibiga kirdi va Rossiyaning ular ustidan suvereniteti shubhasiz.