O‘zbekistonda ish beruvchilar da’vogarlardan eng ko‘p qaysi ko‘nikmalarni talab qiladi
© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Tahlil natijalariga ko‘ra, ijtimoiy, shaxsiy, ingliz tilini bilish va komputer savodxonligi eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston mehnat bozorida ish beruvchilar bo‘lg‘usi xodimdan bir vaqtning o‘zida 4 yoki 5 ta ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab qilmoqda. O‘zbekiston mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan malakani aniqlash uchun Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ma’lumotlar bazasini o‘rgandi.
Ushbu tadqiqotda mutaxassislar Head Hunter ma’lumotlar bazasidan foydalanishdi.
Mazkur ma’lumotlar bazasida O‘zbekistonning 12 mingga yaqin kompaniyasi va ish qidiruvchilarning 370 mingga yaqin rezumesi ro‘yxatga olingan. O‘rganish vaqtida ma’lumotlar bazasida 4 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari qayd etildi.
Ekspertlar saytda taqdim etilgan 3384 ta bo‘sh ish o‘rnini tahlil qildi. Bunda faqat kerakli ko‘nikmalar va ish haqi ko‘rsatilgan bo‘sh ish o‘rinlari o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, har bir bo‘sh ish o‘rniga o‘rtacha 4,2 ta malaka to‘g‘ri kelar ekan.
"Ko‘nikmalar soni o‘ntagacha yetishi mumkin, ammo bo‘lg‘usi xodim uchun bir vaqtning o‘zida 4 yoki 5 ta ko‘nikmaga ega bo‘lish kifoya", deyiladi xabarda.
Tahlil davomida ish beruvchilarning quyidagi ta’lablari ma’lum bo‘ldi:
bir yillik ish stajiga ega bo‘lish - 86%;
oliy ma’lumotga ega bo‘lish -11,3% ;
jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, malakali nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlar - 28%;
chet tillarini (asosan ingliz tili) bilish - 18,3%;
shaxsiy ko‘nikmalar, ya’ni mas’uliyat, stressga chidamlilik, ijodkorlik, motivatsiya, yetakchilik fazilatlari talab etilmoqda, shuningdek, komputer savodxonligi - 15,2%.
Qayd etilishicha, savdo, xizmat ko‘rsatish sohasida menejerlar va HR menejerlariga (30% dan ko‘prog‘i) ta’lab yuqori.
Ta’lab yuqori sohalar:
1.
menejerlar;2.
moliyachi va buxgalterlar;3.
tibbiyot sohasi xodimlari.Menejerlarning o‘rtacha ish haqi 6,5 mln so‘mni, moliyachilarning o‘rtacha ish haqi 7,5 mln so‘mni, shifokorlarniki esa 7,8 mln so‘mni tashkil etadi. Dasturchilarga bo‘lgan talab ham yuqori. Ularga o‘rtacha 8 million so‘m oylik maosh taklif qilinmoqda.
Shu bilan birga, moliyaviy (34%), komputer (ixtisoslashtirilgan) (8,6%), kognitiv (20%), mijozlarga yo‘naltirilgan (21%), xodimlarni boshqarish (33%) va ingliz tilini bilish (25%) ko‘nikmalarida sezilarli mukofot mavjud ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, ijtimoiy, shaxsiy, ingliz tilini bilish va komputer savodxonligi eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalar ekanligi ma’lum bo‘ldi.