O‘zbekiston bo‘ylab "Keksalar haftaligi" o‘tkaziladi

© Sputnik / Vladimir Akimov / Mediabankka o‘tishUzbekskie stariki iz Kokanda
Uzbekskie stariki iz Kokanda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Haftalik davomida barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Oktabr oyining birinchi haftasida “Keksalar haftaligi” o‘tkaziladi. Bu haqida Mahalla va nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash vazirligi xabar berdi.
“Keksalar haftaligi” mamlakatning barcha hududlarida 3-9 oktabr kunlari o‘tkaziladi. Haftalik “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida bo‘lib o‘tadi.
“Haftalik davomida barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ular tanlovlar, xayriya tadbirlari, jumladan, nuroniy va yoshlar uchrashuvlariga ham jalb etiladi.
Ma’lumot uchun, haftalik Hukumatning 816-sonli qarori bilan har yil oktabr oyining birinchi haftasida o‘tkaziladi. Mazkur qaror keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0