Blinken AQShning “Shimoliy oqim”larga hujum qilish sabablarini oshkor qildi – Zaxarova

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii Marii Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii Marii Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakilining aytishicha, Blinken Qo‘shma Shtatlar va NATOning "Shimoliy oqimlarni" yo‘q qilish niyatlari haqida ochiq gapirgan.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Entoni Blinken Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli bilan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida AQSh va NATOning “Shimoliy oqim” gaz quvurlarini yo‘q qilish sabablari haqida ochiq va uyalmasdan gapirdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Blinken xijolat tortmay, ochiqchasiga AQSh va uning NATOdagi hamkorlari “Shimoliy oqim 1” va “Shimoliy oqim 2” gaz quvurlarini yo‘q qilish niyatlari borligi haqida gapirdi”, - deya yozib qoldirdi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.

“O‘sha paytda “Shimoliy oqim 1” va “Shimoliy oqim 2” Yevropaga gaz yetkazib bermayotgan edi. “Shimoliy oqim 2” siz bilganingizdek, hech qachon ishga tushirilmagan. “Shimoliy oqim 1” Rossiya energiyadan qurol sifatida foydalanayotgani sababli bir necha haftaga to‘xtatildi ...”, - deya Zaxarova Blinkenning nutqidan iqtibos keltirdi.
Zaxarova Rossiya hech qachon energiyadan qurol sifatida foydalanmaganini ta’kidladi.
“Rossiya hech qachon energiyadan qurol sifatida foydalanmagan. Rossiya, undan avval SSSR Yevropani shunchaki gaz bilan ta’minlab kelgan. Uzluksiz. 50-yil davomida. Vashingtonning yolg‘onlari uning bu mavzuni jinoiy manipulyatsiya qilishini tasdiqlaydi, xolos”, - dedi Zaxarova.
Rossiyadan Germaniyaga tortilgan “Shimoliy oqim 1” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarining bir nechta tarmoqlarida bosim birdan pasaydi. Kamida to‘rtta joydan gaz sizib chiqishi qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga qasddan uyushtirilgan qo‘poruvchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Nord Stream AG” gaz quvurlari operatori yetkazilgan zararni misli ko‘rilmagan deb atamoqda, ularni qayta tiklash muddatiga baho berishning hozircha imkoni yo‘q.
“Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” ishlashga tayyor to‘liq tayyor gaz quvurlari edi. Birinchisidan gaz uzatish gohida G‘arb sanksiyalari sharoitida ta’mirlash, profilaktika ishlari va sertifikat olish uchun to‘xtatilgandi. Ikkinchisini sertifikatlashni Germaniya 22-fevral kuni to‘xtatib qo‘ygandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Shimoliy oqim”da sodir bo‘lgan voqeani misli ko‘rilmagan qo‘poruvchilik harakati, gaz quvurlariga qarshi xalqaro terrorchilik akti deb atadi. Qayd etilishicha, Rossiya bu masalani BMT Xavfsizlik kengashida shoshilinch muhokamaga olib chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0