BAAda o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari tashkil etilishi mumkin

© “Dunyo” AADubayda hunarmandchilik mahsulotlari sotishga ixtisoslashgan o‘zbek do‘koni ochiladi
Dubayda hunarmandchilik mahsulotlari sotishga ixtisoslashgan o‘zbek do‘koni ochiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2022
Obuna bo‘lish
Abu-Dabi va Dubaydagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari sotishga ixtisoslashgan o‘zbek do‘koni ochiladi.
TOShKENT, 3 okt — Sputnik. Abu-Dabi va Dubaydagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari tashkil etiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Birlashgan Arab Amirliklarida amaliy safar bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullayev qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazgan.
Xususan, O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida “Sheikh Zayed Grand Mosque” majmuasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilgan. Unda har yil noyabr va mart oylarida Abu Dabi amirligida bo‘lib o‘tadigan "Shayx Zoid" festivalida O‘zbekiston pavilonini tashkil etish va o‘zbek hunarmandchiligi mahsulotlarini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, Abu-Dabi va Dubay shaharlaridagi yirik savdo markazlarida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashilgan.
"Precise group" kompaniyalar guruhi prezidenti L.Xoxman bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kompaniyaning esdalik sovg‘alarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingan.
Muzokaralar natijasida joriy oyda Dubay xalqaro aeroportiga tutash hududda, "Precise group" kompaniyasiga tegishli savdo maydonida o‘zbek hunarmandchilik mahsulotlari do‘konini tashkil etishga to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
Yangiliklar lentasi
0